🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

“Balli, qizlar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda kim g’olib b | English faculty I

“Balli, qizlar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Unda kim g’olib bo’ldi?

2021-yil 9-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida fakultetlararo “Balli, qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda institutning bir qator iqtidorli va mahoratli talaba-qizlari ishtirok etdilar.

Tanlovni institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Otabek G’aybullayev kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad yor bo’lishini tiladi.

Shartlar bo’yicha ishtirokchi qizlar o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdilar. Har bir shart yakunida hakamlar qizlarga qo‘yilgan ballarni e’lon qilib borishdi. Barcha ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlariga yarasha baholandilar. Natijada 1-o’rinni 122 ball bilan Tolibova Feruzabonu, 2-o’rinni 121 ball bilan Hamidova Nozima, 3-o’rinni 114 ball bilan Eshonqulova Malika, 4-o’rinni 102 ball bilan Abdusalomova Zulxumorlar qo’lga kiritishdi.

G’oliblar qimmatbaho sovg’alar hamda diplomlar, shuningdek, tanlovni tashkil etishda tashabbus ko’rsatganlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi