🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​#Raddiya Kuni kecha “Talaba yoshlar” telegram kanalida havol | English faculty I

​#Raddiya

Kuni kecha “Talaba yoshlar” telegram kanalida havola etilgan murojaat yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati raddiya beradi. Institut “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakultetining binosi haqiqatdan ham ta’mirtalab, shuning uchun ham ushbu bino va hozirda talabalar istiqomat qilayotgan fakultet yonidagi yotoqxona 2021-yilda qayta ta’mirlash uchun “Davlat dasturi”ga kiritilgan. Bu borada institut rahbariyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Talabalarimiz zamonaviy o’quv xonalarida ilm olishlarini hamda kelgusida yetuk mutaxassislar bo’lib chiqishini, avvalo, biz xohlaymiz va buning uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni vazifamiz deb bilamiz.

Fakultetda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar haqida gapiradigan bo’lsak, yaqin kunlarda talabalardan ijtimoiy so’rovnoma olinadi. Agarda haqiqatdan ham saviyasiz o’qituvchilar bo’lsa, belgilangan tartibda chora ko’riladi.

Ishonch bilan ayta olamizki, “Intellekt” gazetasiga obuna bo’lish majburiyati hech kimga yuklatilmagan. Ilm-ma’rifatga qiziquvchi, ijodiy ish bilan shug’ullanuvchi va ziyo istovchi talabalar ixtiyoriy ravishda o’zlari obuna bo’lishmoqda.

Talabalar darsdan bo’sh vatqlarida sport bilan shug’ullana olmayotganligi to’g’sidagi gap esa umuman kurakda turmaydi. Negaki, yotoqxonaning yonginasida “Valeybol”, “Basketbol”, “Trenajor” zallari hamda “Futbol” maydonlari mavjud. Talabalar hech qanday muammosiz va bepul ulardan foydalanishlari mumkin. Bu masala talabalarga ko’p bora ta’kidlab o’tilgan.

Yotoqxona mavzusiga kelsak, boshqa OTMlarning talabalar turar joyida narxlar oyiga 150-180 mingligi inobatga olinib, pandemiya munosabati bilan talabalarga yengillik yaratish maqsadida institutimiz talabalar turar joyining narxi 100 ming etib belgilangan. Xulosa o’zingizdan…

Aslida, talabalarning oyiga 250-400 ming so’mdan hech qanday sharoiti yo’q, nam tortgan ijara uylarida yashayotganligidan xabar topganimizdan so’ng, ularning salomatligidan xavotir olib, ularga yengillik yaratish maqsadida qayta ta’mirlash uchun “Davlat dasturi”ga kiritilgan hamda ijaradan ko’ra yaxshi sharoitga ega bo’lgan yotoqxonaga joylashtirishga majbur bo’ldik.

Ushbu yotoqxona talabalarga juda ma’qul bo’ldi va buning uchun ular institut rahbariyatiga chuqur minnatdorchiliklarini bildirib o’tishganini aytmasak ham bo’ladi. Ushbu yotoqxonada yuvinish hamda oshxonalar mavjud va barcha kerakli vositalar, ya’ni kir yuvish mashinasi, muzlatgich, televizorlar bilan jihozlangan, issiq suv ham bor, xonalar issiq.

Alohida ta’kidlaymiz, yotoqxonadagi kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar ishlamaydi degan gap mutlaqo asossiz. Shu va shunga o’xshash ma’lumotlarning ommaga chiqarilishini mintaqada munosib o’ringa ega bo’lgan oliygohga “tosh otish” deb qarash mumkin.

Kecha, 10-mart kuni institut rektori ushbu yotoqxoda istiqomat qiluvchi talabalar bilan suhbatlashdi hamda ularning takliflari bilan tanishdi. Shuningdek, xojatxona bepul bo’ladi (Avval ham shunday edi, fakultet binosida vaqtincha boshqa tashkilotlar ham faoliyat ko’rsatmoqda, faqat o’sha xodimlar uchun pullik edi). Endilikda yotoqxonada “dush” hamda talabalar internetdan bamalol foydalanishlari uchun Wi-Fi va dars mashg’ulotlariga kerakli bo’lgan boshqa jihozlar ham o’rnatiladi. Hozirda bu borada yotoqxonada barcha amaliy ishlar olib borilmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati


Kanalimdagi xabarga befarq bo'lmasdan bu ishni o'z vaqtida o'rganib chiqgan institut rahbariyatiga va matbuot xizmatiga o'z tashakkurimni aytib qolaman. Muammolar hamma joyda bor, imkon qadar birlashib ularni hal qilsak, insha'Alloh ta'lim sifati ham, talabalar uchun sharoitlar ham yaxshilanadi!
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM