🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’l | English faculty I

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi sifat jihatidan keskin o‘zgarmoqda. Ayniqsa, maktab ta'limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bugun Samarqand shahridagi 30-maktabda 82 nafar bitiruvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilgan ''so‘nggi qo‘ng‘iroq'' bayramida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov ham qatnashib, muhtaram Yurtboshimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

''Albatta, bugun yurtimizda maktab bitiruvchilari bilan birga ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar uchun ham unutilmas kundir. Ushbu quvonchli ayyomda ularni ham chin dildan qutlab, barchasiga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz''- deya alohida ta'kidlab o'tadilar Yurtboshimiz umumta'lim maktablari bitiruvchilariga qarata bag'ishlagan tabrigida.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi