🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

AQSHlik mutaxassis o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi O | English faculty I

AQSHlik mutaxassis o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilib kelinadi.

Jumladan, 2021-yilning 17-mart kuni AQShlik ingliz tili mutaxassisi Robert Dunn Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetining “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasida o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Kuni kecha, 24-may kuni Robert Dunn institutdagi faoliyatini samarali yakunladi. Institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov AQSHlik mutaxassis Robert Dunnga o‘z minnatdorchiligini bildirib, qimmatbaho sovg‘alarni tuhfa qildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi