🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

English faculty I

Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I E
Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I
Channel address: @iflenglish
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 929
Description from channel

Official channel of English Faculty-1.
University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit.
Connect with us:
@Mirsaidbaxtiyorovich

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 16

2022-04-29 21:20:49
“Yo’l transport hodisalarining oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Mutasaddilar suhbat davomida yo’l harakati qoidalari, yo’lni kesib o’tishda belgilangan joydan o’tish va uyali aloqa vositalari, quloqchinlardan foydalanmaslik hamda juda ko’plab uchrayotgan avtohalokatlar va buning oqibatida ko’p insonlarning qurbon bo’lishayotganligi kabilar to’g’risida so’zlab o’tishdi, shuningdek, bu borada yetarli darajada tushuncha va ko’rsatmalar berildi.

Ta’kidlab o’tamizki, nafaqat har bir talaba, balki har bir fuqaro ham yo’l harakati qoidalariga amal qilsa, yo’llarda transport hodisalarining oldi olingan bo’lar edi. Shuningdek, barchangizni yo’l qoidalariga amal qilishga chaqirib qolamiz.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
103 views18:20
Open / Comment
2022-04-29 21:07:05
Savob yo’lida

Roʻza kunlari koʻpchilik ishtirokida ziyofat-iftorlik oʻtkazilishi xalqimizda savob ishlardan sanaladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda "Kimiki bir roʻzadorni ogʻzini ochirsa, unga ham roʻza tutgan kishining savobi berilur" deyilgan. Demak, savob boʻlishi uchun roʻzador ogʻzini ochirish lozim ekan.

Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati tashabbusi bilan 100 kilogram miqdorida ikkita katta qozonlarda osh qilindi va institutda talabalar hamda professor-o'qituvchilar jamoasiga iftorlik tashkil etildi, shuningdek, yig’ilganlar yuziga fotiha duosi tortildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
97 views18:07
Open / Comment
2022-04-29 21:03:13
Institutda “Italyan tili va madaniyati” markazining ochilganiga 23 yil bo’ldi

Samarqand davlat chet tillar institutida “Italyan tili va madaniyati” markazining ochilganiga 23 yil bo’ldi. Har yili institutimiz jamoasi ushbu markazni tashkil etilganligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishadi. Bu tadbirda asosan talabalarimiz o‘zlarining italyan tili bo’yicha bilim hamda ko’nikmalarini namoyish etishadi.

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2034

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
105 views18:03
Open / Comment
2022-04-28 20:09:35
O’tkazilgan Kengash yig’ilishida qanday masalalar muhokama qilindi?

Bugun, 28-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 8-9 son qo‘shma yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

— Institut Roman-german tillari fakultetida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahvoli hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar;

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2030

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
228 views17:09
Open / Comment
2022-04-28 19:35:28
Kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini Samarqand davlat chet tillar instituti mutasaddilari muntazam o’rganib kelishmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti mutasaddilari muntazam ravishda Samarqand viloyati Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan aholi murojaatlarini o’rganib, ularga yechim topish hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy tomonga hal etish kabi ishlar bilan shug’ullanib kelishadi.

Alohida ta’kidlash joiz, jarayon davomida "Jeneva diplomatik doirasi" prezidenti Robert Blyum va shveytsariyalik fotograf Pyer-Mishel Virolar birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2029

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
246 views16:35
Open / Comment
2022-04-28 18:40:54
Professor-o’qituvchilar tomonidan “Ezgulik sari yo’l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Samarqand tumanidagi “Yangi hayot” mahallasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik aloqalari muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabatda Ingliz tili I fakultetining “Ingliz tili oʼqitish metodikasi va amaliyoti” hamda “Ingliz tili va adabiyoti” kafedralari professor-o‘qituvchilari birgalikda mahalla faoliyatini rivojlantirishga hissa qo’shish maqsadida “Yashil makon” dasturi doirasida 50 tup turli xil mevali daraxt ko’chatlarini ekishdi.

Jarayon davomida “Ezgulik sari yo’l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham tashkil etildi va mahallada yashovchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan oilalar holidan xabar olindi, shuningdek, ularga Ramazon ayyomi munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Batafsil:
https://samdchti.uz/uz/news/view/2028

SamDCHTI Axborot xizmati
276 views15:40
Open / Comment
2022-04-27 20:13:31
“Samarqand kelajak javohirlari” klubining zahira kadrlari tarkibiga kiritilgan talabalarni ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

. . . Uchrashuvda bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash, ularni viloyatda faoliyat olib borayotgan davlat idoralari hamda tashkilotlaridagi bo’sh ish o’rinlariga ishga joylashtirish, talaba-yoshlar uchun ularning takliflarini inobatga olgan holda qo’shimcha yangi ish o’rinlarini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi tasarrufida tashkil etilgan “Samarqand kelajak javohirlari” klubining zahira kadrlari tarkibiga kiritilgan Samarqand davlat chet tillar institutining 75 nafar bitiruvchi kurs talabalarining kelgusidagi rejalari va kelajakda qaysi soha vakili yoki qanday tizimda faoliyat olib borishlari kabilar bilan yaqindan tanishib chiqildi . . .

Batafsil
https://samdchti.uz/uz/news/view/2023

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube
72 views17:13
Open / Comment
2022-04-27 19:42:56
Urgutlik talabalarni ish bilan ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi mutasaddilari talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi

Urgut tuman hokimligi mutasaddilari hamda Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan urgutlik bitiruvchilar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Urgut tumani Xalq ta’limi bo‘limi, tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi, tuman Bandlikka komaklashish markazi vakillari hamda institut rahbariyati vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda institutda ta’lim olayotgan urgutlik talabalarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni qo‘shimcha daromad topishlari uchun tuman tashkilotlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining taklif va fikrlarini batafsil bayon etishdi.

Batafsil
https://samdchti.uz/uz/news/view/2022

SamDCHTI Axborot xizmati
138 views16:42
Open / Comment
2022-04-27 19:22:59
Xalq deputatlari viloyat Kengashi 62-sessiyasi qarori asosida Narpay tumanidagi “Obihayot” mahallasi faoliyati to’liq o’rganib chiqildi

. . . jarayon davomida Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi ishchi guruh “Obihayot” mahallasining har bir jihati batafsil o’rganilib chiqildi. Sektor rahbarining sektor hududidagi mahallalar aholisi bilan munosabati, mahalladagi temir daftar, xotin-qizlar daftari, yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar bilan muloqot qilganlik holati, mahallada qancha masofa yo‘l bor, ularning qanchasi tuproq yo‘l ekanligi, yil boshidan buyon bu ko‘chalarning qanchasiga tosh to‘kilganligi, xorijdan qaytganlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tuzilgan ro‘yxat, qilingan reja va bajarilgan ishlar tahlili kabi masalalar shular jumlasidandir . . .

Batafsil
https://samdchti.uz/uz/news/view/2021

SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube
156 views16:22
Open / Comment
2022-04-27 09:37:33
[ Photo ]
В "Smart ta'lim" открыта ВАКАНСИЯ

Ищем преподавателя по таким предметам, как:

АНГЛИЙСКИЙ ЯЗЫК

РУССКИЙ ЯЗЫК

ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

вот наши требования:
Уровень IELTS;
Знания узбекского и русского языков;
Опыт преподавания
Ответственность за работу и за результат;
Участвовать в жизни центре.


Если вы считаете, что подходите нам, то смело отправляйте свое резюме в директ @Bilim

Свяжитесь с нами:
+998993689546
+998930706633

———

Smart ta'limda bo'sh o'rin mavjud

Markazimizga:
INGLIZ TILI

RUS TILI

BOSHLANG'ICH tayyorlov (rus tilida)

-fanlaridan o'qituvchi qidirmoqdamiz

Bizning talablarimiz:
O'zbek va rus tillarini bilish;
O'qituvchilik tajribasi
Ish va natijalar uchun javobgarlik;
Markaz hayotida ishtirok eting.

Agar siz o'zingizni bizga mos deb hisoblasangiz, rezyumeingizni direct ga yuboring @Bilim

Biz bilan bog'laning:
+998993689546
+998930706633
199 views06:37
Open / Comment