🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ingliz tilini o'rganamiz

Logo of telegram channel ingliz_tiliuz — Ingliz tilini o'rganamiz I
Logo of telegram channel ingliz_tiliuz — Ingliz tilini o'rganamiz
Channel address: @ingliz_tiliuz
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 26.00K
Description from channel

Ingliz tilini noldan boshlab mustaqil o'rganing.
Aloqa uchun: @ingliz_tiliuzbot
Reklama xizmati:️
@reklama_servis
Mundarija: @inglizchasiga

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


The latest Messages

2024-05-23 07:55:36 #Vocabulary

Kunlik muloqot uchun lug‘at

— No, thanks
— Нет, спасибо.
— Yo‘q, rahmat

— Not a bit!
— Ничего подобного!
— Hech qanaqasiga!

— One minute, please
— Одну минуту, пожалуйста.
— Iltimos, bir daqiqa

— See ya!
— Увидимся.
— Ko‘rishamiz

— See you soon
— Скоро увидимся.
— Tez kunda ko‘rishamiz

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
5.5K views04:55
Open / Comment
2024-05-22 07:55:26 #Grammar_time

Word order (So'z tuzilishi ketma-ketligi)

Ko'plab O'zbek til o'rganuvchilar gap tuzulishini o'rganishda qiyinchilikka uchraydilar. Chunki Ingliz Tili bizning Turkiy Tillar oilasiga mansub emas. Shuning uchun Inglz Tilida ketma-ketlik biroz boshqacha. Buning uchun siz SVOMPTni eslab qolishingiz kerak ya'ni:

Subject — Ega
Verb — Kesim
Object — To'ldiruvchi
Manner — Holat ravishi
Place — Joy
Time — Vaqt

For example:
I (subject) like (verb) walking (object) fast (manner) in the forest (place) in winter(time).

Lekin esingizda bo'lsinki har doim ham hammasi bir gapda keladi deyish unchalik ham to'g'ri emas chunki ba'zida holat, joy yoki vaqt ishlatilinmasligi ham mumkin.

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
5.5K views04:55
Open / Comment
2024-05-21 13:33:08 Kitoblar turkumi: Jahon adabiyoti
Kitoblar tartib raqami: 81-100

81. Jinoyat va jazo
82. Jarayon
83. Usta va Margarita
84. Qizil va qora
85. Cho‘qintirgan ota
86. G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
87. Andisha va g‘urur
88. Iqrornoma
89. Choliqushi
90. Martin Iden
91. Telba
92. Qiyomat
93. Dorian Grey portreti
94. Cho‘l bo‘risi
95. Musallas mamlakati
96. Alkimyogar
97. Otalar va bolalar
98. So‘na
99. Uch og‘ayni
100. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja

Kitoblar turkumi: Biznes va muvaffaqiyat
Kitoblar tartib raqami: 101-120

101. G'oliblik qonuniyatlari
102. Vavilonlik eng boy odam
103. Dunyoning eng buyuk savdogari
104. Men va pul
105. Xarobadan chiqqan mashhurlar
106. O'yla va boy bo'l
107. Oltin meros
108. Aql vitaminlari
109. Omad va baxtga sayohat
110. Baxt va boylikka erishishning yetti yo'li
111. Kichik biznesda katta pul ishlash mumkin
112. Millioner singari fikrlashni o'rganing
113. Pul topishning ulkan sirlari
114. Tortishish kuchi kaliti
115. Boy ota, kambag‘al ota
116. Boy bola, aqlli bola
117. Pul oqimining kvadranti 1
118. Pul oqimining kvadranti 2
119. Eng katta boyligingiz
120. Boy ota tavsiya qiladi yoxud ulkan mablagʻ yaratish sanʼati

Kitoblar turkumi: Detektiv
Kitoblar tartib raqami: 121-1
40
121. Sherlok Xolms haqida hikoyalar
122. Sherlok Xolms va doktor Uotsonning sarguzashtlari
123. Boskom vodiysining siri
124. Baskervillar iti
125. Yo'qolgan dunyo
126. Izquvarning inqirozi
127. Kumush
128. O‘nta negr bolasi
129. Alifbo bo'yicha qotillik
130. Bulbul oshyoni
131. O‘g‘irlangan million dollar
132. Izquvar Puaro
133. Samoviy qotil
134. Boyvachchaning qasri
135. Ishtar ibodatxonasidagi qotillik
136. Yo‘qotilgan kalit
137. Lo‘li qiz
138. Mansabdorning o‘g‘irlanishi
139. Detektiv hikoyalar (to‘plam)
140. Dunyo e'tirof etgan detektiv hikoyalar (to‘plam)

Kitoblar turkumi: Sarguzasht
Kitoblar tartib raqami: 141-160

141. Graf Monte Kristo
142. Uch mushketyor
143. Ikki Diana
144. Kapitan Grant bolalari
145. Suv ostida 80 ming kilometr
146. Antifer tog'aning sarguzashtlari
147. Robinzonlar maktabi
148. Don Kixot
149. Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari
150. Marko Poloning ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlari
151. Kon-Tikida safar
152. Dengiz sarguzashtlari
153. Chingachguk fojiasi
154. Izquvar
155. Josus
156. Oq tanli sardor
157. Xazinalar oroli
158. Merosxo'r
159. Shovvoz askar Shveykning sarguzashtlari
160. Kapitan Vrungelning sarguzashtlari
5.2K views10:33
Open / Comment
2024-05-21 08:10:53 #Vocabulary

Kunlik muloqot uchun lug‘at

— It was an accident
— Это была случайность.
— Bu tasodif

— It’s early (yet)
— Ещё рано!
— Hali vaqtli!

— Maybe
— Возможно.
— Ehtimol

— Never mind
— Не имеет значения.
— Ahamiyati yo‘q

— No way!
— Ни в коем случае!
— Hech qanaqasiga!

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
5.3K views05:10
Open / Comment
2024-05-20 12:41:21 #Maslahat

TIL O’RGANISH KALITI

Ingliz tilida qachon gaplashaman?

Bugungi kunga kelib chet tillari ayniqsa, ingliz tili o’rganishga bo’lgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki, bog’cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliz tili o’rganishga harakat qilyaptilar. Bu ijobiy holat albatta, chunki, til o’rganish o’sha tilda gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi va urf odatlarini o’rganish bilan birga shaxsiy manfaatlar yo’lida ham eshiklar ochilishiga zamin yaratadi.
Bir necha yillardan beri ingliz tilidan dars berib kelaman va shu davr oralig’ida o’quvchilar tomonidan eng tez-tez va ko’p beriladigan savol "Ingliz tilida qachon gaplashaman". Bu savolga javob berish uchun ko’p jihatlarga e’tibor berish talab qilinadi.
Avvalo, o’rganuvchi yoshi, qiziqishi va izchillik asosida til o’rganishga kundalik sarflaydigan vaqt miqdori, inglizcha muhit kabilar muhim bo’lsa, foydalaniladigan darslik sifati, mahoratli va bilimli o’qituvchi va til o’rganishdagi to’g’ri yondashuv usullari kabilarning ham yangi til o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zan, o’quvchilar til o’rganishdagi qiyinchiliklarini shu tilda gaplashuvchi chet davlatlarida bo’lishga sharoitlari yoki inglizcha gaplashadigan do’stlari yo’qligi bilan bog’laydilar. Aslini olganda esa, hozirgi texnologiya va Internet rivojlanayotgan davrda bu kabi vajlar o’rinsiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda xususan facebook, twitter, telegram orqali onlayn darslar olish yoki Youtube va skype orqali video darslar ham til o’rganishda juda ommalashgan va qulay usullardandir. Til o’rgatuvchi o’quv kurslarining ham o’rni beqiyos. Chunki, guruhdagi boshqa til o’rganuvchilar bilan maqsadingiz bir va shu yo’lda bir-biringiz bilan inglizcha muloqot qilishingiz, ma’lumot almashishingiz yoki raqobatbardosh bo’lishingiz mumkin.
Til o’rganishning innovatsion usullari borasida tajribali tilshunoslar va poliglotlar tavsiyalaridan foydalanib va o’z shaxsiy tajribamga tayangan holda qiziqarli dars tashkillashtirishga harakat qilaman. Yaqinda, 12 tilda gaplashuvchi tilshunos va tarjimon, Benny Luisning til o’rganishdagi yangicha yondashuvi menda katta qiziqish uyg’otdi. U Italyan tilini o’rganish uchun o’nlab grammatika kitoblarini o’qigan, til kurslariga qatnagan va ko’plab so’zlar yodlagan lekin harakatlari besamar ketgan. Shundan so’ng, "Tinglash va qaytarish" usuli bo’yicha til o’rganishni boshlagan. Bir yildan so’ng esa Italyan tilida bemalol so’zlashadigan darajaga yetgan. Boshqa yangi tillarni o’rganishda ham xuddi shu usuldan foydalanadi va 3-4 oyda yangi tilda muloqot qiladigan darajaga yetadi. Natijada, 12 tilda gaplashuvchi tilshunos va tarjimon darajasiga yetadi.
Uning bu til o’rganish usulini shunday tushuntirish mumkin: bola taxminan 2-2.5 yoshga yetguncha gapira olmaydi ; shu vaqt davomida u so’z zaxira to’playdi. Holbuki, bolaga grammatikadan dars o’tilmaydi va qilgan xatolari uchun dashnom berilmaydi. U faqat atrofdagilarni tinglash va eshitganlarini qaytarish yoki amalda qo’llash orqali o’z ona tilini o’zlashtiradi. Xuddi shu singari kattalar ham tinglaganlarini takrorlash orqali so’z boyliklari oshib, gapirishni boshlaydilar. Eng muhimi, ular gapira olish uchun bolalardek ko’p muddat sarflamaydilar chunki, ularda til o’rganish ko’nikmasi bor va boshqa tillarni o’rganish yanada osonlashib boraveradi. Yangi tilda gapira olish uchun esa hamma so’zlarni bilish muhim emas, hattoki ona tilimizda ko’p so’zlarni bilmasak ham juda yaxshi muloqot qila olamiz.
Ingliz tilini o’rganishni maqsad qilgan inson o’zi uchun inglizcha muhit yaratishi ya’ni doimo inglizcha tinglab, o’qib, yozib va gapirishi maqsadga erishishning eng samarali usulidir.
Ko’pchilik insonlar "Maxsus til kurslariga borsam, albatta, chet tilini o’rganaman", deb o’ylashadi. To’g’rirog’i, chet tili kurslarini o’z maqsadlariga erishishda ma’sul deb o’ylashadi. Bu umuman noto’g’ri. Unutmang, har doim o’zingiz uchun o’zingiz ma’sulsiz, o’qituvchi o’rgatishi mumkin, ammo saboqning 99 foizi o’zingizga, 1 foizi o’qituvchiga bogliq.

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
6.1K views09:41
Open / Comment
2024-05-20 08:37:21 #Grammar_time

Have you ever...?

Hozirgi tugallangan zamonda savol berish:
Have you ever been to Rome
- Siz hech Rimda bo'lganmisiz?

Yes, I have. Many times
- Ha bo'lganman, ko'p marta
.

Savol o'tgan zamondan to hozirga qadar bo'lgan muddat haqida so'ralyapti. Voqea o'tgan zamonda bo'lgan, ammo ma'lumot hozirgi vaqtgacha bo'lgan zamonni ifodalaydi.

"Ever" (hech) bilan savol berilganda agar inkor qilmoqchi bo'lsak, "No, never" (yo'q, hech qachon) deyish kifoya qiladi.
I was looking for. Where have you been?
- Men sizni qidirayotgan edim. Qayerda edingiz (shu paytgacha)?


Ushbu gap ham "present perfect" (hozirgi tugallangan zamon) hisoblanadi.

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
6.0K views05:37
Open / Comment
2024-05-19 07:55:28
#Cartoon
Ko'ring va so'zlarning talaffuziga e'tibor bering
«The Little Mermaid»

Inglizcha subtitrda

️@ingliz_tiliuz
6.4K views04:55
Open / Comment
2024-05-18 18:20:37 #vocabulary

His-tuyg‘u fe’llari

Ijobiy munosabatlar


1. sevib qolmoq - fall in love
2. sevmoq - love
3. sevmoq - be fond of
4. sevmoq / yoqtirmoq - like
5. afzal ko‘rmoq - prefer
6. hurmat qilmoq - respect
7. qadrlamoq - esteem
8. matamoq - praise

Salbiy munosabatlar

1. nafratlanmoq - hate
2. yomon ko‘rmoq - detest
3. yaxshi ko‘rmasdik - dislike
4. e’tibor qilmaslik - disregard
5. so‘kmoq - scold
6. janjal qilmoq, urushmoq - quarrel
7. ta’na qilmoq - reproach
8. ayblamoq - accuse
9. hasad qilmoq - envy

Kulfat - Shodlik

1. azoblanmoq - suffer
2. sabr qilmoq - endure
3. bardosh bermoq - bear
4. chidab bermoq - stand
5. taslim bo‘lmoq - give up /in
6. taslim bo‘lmoq - surrender
7. shikoyat qilmoq - complain
8. yig‘lamoq / baqirmoq - cry
9. yig‘lamoq - weep
10. xavotir olmoq - worry
11. yupantiromq - comfort
12. o‘zini bosmoq - calm oneself
13. jilmaymoq - smile
14. kulmoq - laugh
15. hursand bo‘lmoq - rejoice
16. roxat olmoq - enjoy

Kibr – kamtarlik

1. kibrlanmoq - be proud
2. matanmoq - boast
3. o‘zidan ketmoq – put on airs
4. uyalmoq - be shy
5. uyalmoq - be modest
6. surbet bo‘lish - be insolent
7. surbet bo‘lmoq - be impudent

Qat’iyatlik - shubha

1. qat’iyatli bo‘lish - be sure
2. umid qilmoq - hope
3. ishonmoq - believe
4. ishonmoq/suyanmoq - rely
5. shubha qilmoq - doubt
6. ikkilanmoq - hesitate
7. shubhalanmoq/gumon qilmoq - suspect

Harakat - dangasalik

1. qayg‘urmoq/qaramoq - care
2. qaramaslik - neglect
3. (o‘zini) olib qochmoq - shirk
4. imkoni borini qilishga harakat qilmoq - try to do one’s best
5. charchamoq - get tired
6. erinmoq - be lazy
7. charchamoq - be tired

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
7.0K viewsedited  15:20
Open / Comment
2024-05-18 07:55:29 #Vocabulary

Kunlik muloqot uchun lug‘at

— I’m (so) sorry
— Извините.
— Kechirasiz

— You are right
— Вы правы
— Siz haqsiz

— I’m sorry, I can’t
— Извините, я не могу.
— Kechirasiz, mening ilojim yo‘q

— It can hardly be so
— Едва ли это так.
— Bunday bo‘lishi mumkin emas

— It doesn’t matter
— Это не имеет значения.
— Buning ahamiyati yo‘q

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
6.7K views04:55
Open / Comment
2024-05-17 07:55:26 #Grammar_time

still / yet

Ikkala so'z bir xil - "hali ham" degan ma'noni bildiradi. Lekin ikkalasi boshqa-boshqa holatlarda ishlatiladi.

O'tgan zamonda bo'layotgan hodisa hozir ham davom etayotganini bildirish uchun "still" so'zini ishlatamiz:
It is still raining now - Hozir hali ham yomg'ir yog'yapdi.

I had a lot to eat but I'm still hungry - Men ko'p ovqat yedim, lekin men hali ham ochman.


Savol berishga misol:
Are you still a student - Siz hali ham talabamisiz?

Xuddi shu ma'nodagi gaplarni inkor shaklida "yet" so'zini ishlatamiz. Bu so'z har doim gapning oxirida keladi.
Has it stopped raining yet - Yomg'ir hali ham to'xtamadimi?

It hasn't stopped raining yet - Yomg'ir hali ham to'xtamayapdi.

He hasn't gone yet - U hali ham ketmadi.

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz
6.8K views04:55
Open / Comment