🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#grammar_time a lot / much / many Much - ko'p. Sanab bo'l | Ingliz tilini o'rganamiz

#grammar_time

a lot / much / many

Much - ko'p.
Sanab bo'lmaydigan (uncountable) narsalarga ishlatiladi.
Masalan: much water - ko'p suv.

Many - ko'p.
Donalab sanaladigan (countable) so'zlarga ishlatiladi. Har doim ko'plikda keladi.
Masalan: many books - ko'pgina kitoblar.

Ushbu ikkala so'z savol berilayotgan va inkor gapda ishlatiladi. Aytganimizdek, sanalmaydigan narsalarga - much, sanaladigan narsalarga - many ishlatiladi:
Do you drink much coffee?
- Siz kofeni ko'p ichasizmi?

He has not got many friends
- Uning do'stlari ko'p emas.


Agar gap savol yoki inkor bo'lmasa, much/many o'rnida "a lot" ishlatsak bo'ladi, odatda shunaqa. Lekin bunda ham much/ many ishlatilsa bo'laveradi.

"A lot" ikkalasini o'rnida ham ishlatilaveradi, faqat savol yoki inkor bo'lmasligi kerak.

"A lot" so'zidan keyin ot so'z turkumi kelsa "of" qo'shiladi:
He ate a lot of food - U ko'p ovqat yedi.

Agar undan so'ng ot kelmasa "of" ham qo'yilmaydi:
He ate a lot - U ko'p yedi.

Ba'zan "much" so'zi "often" (tez-tez) ma'nosida ham keladi:
Do you watch TV much? - Siz tez-tez televizor ko'rib turasizmi?

Qisqa javob berish mumkin. Agar javob inkor bo'lsa, "much" ishlatamiz:
No, not much - Yo'q, ko'p emas.

Javob ijobiy bo'lsa, "a lot" qo'yamiz:
Yes, a lot - Ha, ko'p.

​​​​​ ️@ingliz_tiliuz