Get Mystery Box with random crypto!

#grammar_time (a) little (a) few A little - ozgina. • Do | Ingliz tilini o'rganamiz

#grammar_time

(a) little (a) few

A little - ozgina
.
• Donalab sanalmaydigan narsalarga ishlatiladi:
a little sugar - ozgina shakar.

A few - ozgina.
• Donalab sanaladigan narsalarga ishlatiladi va doim ko'plikda yoziladi:
A few people - Ozgina odamlar.

Mavzuyimizdagi ikkala so'zda ham "a" qo'yilmasa, judayam oz, deyarli yo'q degan ma'no kelib chiqadi:

There was little food in the fridge. It was nearly empty
- Sovutgichda judayam oz ovqat bor edi. U deyarli bo'sh edi.

There were few people in the park. It was nearly empty
- Istirohat bog'ida juda kam odamlar bor edi. U deyarli bo'sh edi.


Gap ijobiy kayfiyatda bo'lsa "a little", salbiy kayfiyatda bo'lsa "little" ishlatiladi:
I have got a little money
- Mening ozgina pulim bor.

I have got little money
- Mening pulim juda oz.


Shuningdek, "a few" ham ijobiy kayfiyatda, "few" salbiy kayfiyatda ishlatiladi:
I have got a few friends
- Mening ozgina do'stlarim bor.

I have got few friends
- Mening do'stlarim juda oz.


​​​​​ ️@ingliz_tiliuz