Get Mystery Box with random crypto!

Ganibaev | Blog

Logo of telegram channel itsferaofficial — Ganibaev | Blog G
Logo of telegram channel itsferaofficial — Ganibaev | Blog
Channel address: @itsferaofficial
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 1.29K
Description from channel

Eng so'ngi Axborot Texnologiyalar Yangiliklari
Web-sayt : it-sfera.uz
Instagram : instagram.com/elmurodmamajanov
Barcha savollar boyicha : @itsferasupport

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages

2021-11-28 19:07:38 Barchaga Salom. Men Javohir Ganiboyev Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universtiteti akademik litseyining 2 bosqich talabasiman. Men ingliz tili faniga qiziqaman. Va Iyul oyida IELTS 7 qolga kiritdim. Yoz oylarining boshlaridan beri SAT imtihoniga tayyorgarlik koraman va tez kunlarda imtihonim. Hozirda chet davlatlari universtitetlariga hujjat ishlari bn mashg'ulman.
57 views16:07
Open / Comment
2021-11-28 19:02:41 Welcome to official blog of Javokhir Ganibaev. I am a 2-year student of Academic Lyceum of the World Economy and Diplomacy. I am an avid english learner. I passed IELTS on July 2021 and got 7.0. I have been prepping for SAT since the start of summer and it is my SAT exam soon. Currently, I am preparing my application for universities all around the world.
83 views16:02
Open / Comment
2021-11-28 18:52:26 Hey everyone
87 views15:52
Open / Comment
2021-11-26 09:37:46
Matrix code

Quyidagi kodni brauzer qidiruv joyiga copy & paste qiling va Enter-ni bosing.

data:text/html,

Ekraningizni Full holatiga keltiring.
Ajoyib fon shunday emasmi?

kompyuter_bilimlari

@it_sfera_uz
17 views06:37
Open / Comment
2021-11-23 20:28:51
Pavel Durov Fransiya fuqaroligini oldi

Rossiyalik biznesmen, VKontakte va Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya fuqaroligini oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, uning ism-sharifi 2021-yil 23-avgustdagi farmonda qayd etilgan.

Pavel Durov hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi. Durov shuningdek, Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.

@it_sfera_uz
57 views17:28
Open / Comment
2021-11-17 13:13:48
Instagram foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun video selfi so'ray boshladi

Britaniyalik ijtimoiy tarmoqlar konsultanti Matt Navarra o'zining Twitter sahifasida Instagram o'z foydalanuvchilari shaxsini tasdiqlash uchun turli burchaklardan olingan video-selfi so'rashni boshlanganligi haqida xabar berdi.

Bunday holat akkaunt egasi shubhali harakatlar qilganda, ya'ni soniyalar ichida ko'p like bosganda yoki boshqalarga follow qilganda akkaunt egasi bot emasligini bilish uchun ishlatiladi.

Siz ulashgan video-selfi Instagram'da 30 kun saqalanadi, keyin esa o'chirib yuboriladi.

Manba : IT va Texnologiyalar

@it_sfera_uz
52 views10:13
Open / Comment
2021-11-17 11:19:36
Samsung simsiz quloqchinlari allergiya keltirib chiqarayotgani aytilmoqda

Samsung simsiz quloqchinlari foydalanuvchilari quloqlarida muammolar paydo bo‘lganidan shikoyat qilmoqda.

Ayrimlarda allergiya bilan birga yuqori harorat kuzatilgan, ayrimlar esa teri infeksiyasi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Foydalanuvchilarning taxminlariga ko‘ra, bunga quloqchin korpusini tayyorlashda ishlatilgan akrilat va uni quvvatlaydigan kontaktlarning nikeldan tayyorlangani sabab bo‘lmoqda.

Samsung jabrlangan foydalanuvchilarga Galaxy Buds Pro quloqchinlari uchun to‘lagan pullarini qaytarib berishni va tibbiy xarajatlarni qoplab berishni taklif qilgan.

@it_sfera_uz
54 views08:19
Open / Comment
2021-11-16 13:51:01
#samsung #oneUi

Samsung kompaniyasi Android 12 uchun One UI 4 namoyish qildi.

Endilikda vidjetlar sozlanishi mumkin. Maxfiylik sozlamalari ham qo'shildi.

Hozircha faqat S21 seriyasi uchun, keyinroq - Galaxy Z va boshqa S-modellari uchun.

Kimgadir taqlid bordek-a?

@it_sfera_uz
62 views10:51
Open / Comment
2021-11-16 13:50:43
#oppo #smartfon

Oppo tortib olinadigan vertikal displeyli smartfonni patentladi, internetda esa ushbu smartfonning norasmiy rendrlari paydo bo'ldi.

OPPO dan yaqinda boomba yangilik bo'ladi shekilli

@it_sfera_uz
59 views10:50
Open / Comment
2021-11-14 16:01:11 Tez kirish paneli. Tezkor tugmalar

Hammamiz kompyuterda ma'lum ilovalardan foydalanamiz. Ba'zilari har kuni, boshqalari kamroq.

Tez ishga tushirish uchun ularni vazifalar paneliga ko'chirish mumkin (pastda, Boshlash belgisi yaqinida). Faqat kerakli yorliqni ushbu panelga o'tkazing.

Ushbu dasturlarni ochish uchun tezkor tugmalar taqdim etiladi, ya'ni Win + raqami.

Masalan (rasmga qarang), agar men boshqaruv panelida uchinchi Word dasturini o'rnatgan bo'lsam, uni ochish uchun Win + 3 tugmalarini, Google Chrome-ni ochish uchun esa Win + 7 tugmachalarini bosaman.

Siz buni bilarmidingiz?

@it_sfera_uz
74 views13:01
Open / Comment