🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Samsung simsiz quloqchinlari allergiya keltirib chiqarayotgani | Ganibaev | Blog

Samsung simsiz quloqchinlari allergiya keltirib chiqarayotgani aytilmoqda

Samsung simsiz quloqchinlari foydalanuvchilari quloqlarida muammolar paydo bo‘lganidan shikoyat qilmoqda.

Ayrimlarda allergiya bilan birga yuqori harorat kuzatilgan, ayrimlar esa teri infeksiyasi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Foydalanuvchilarning taxminlariga ko‘ra, bunga quloqchin korpusini tayyorlashda ishlatilgan akrilat va uni quvvatlaydigan kontaktlarning nikeldan tayyorlangani sabab bo‘lmoqda.

Samsung jabrlangan foydalanuvchilarga Galaxy Buds Pro quloqchinlari uchun to‘lagan pullarini qaytarib berishni va tibbiy xarajatlarni qoplab berishni taklif qilgan.

@it_sfera_uz