🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​14.01.20 - dan boshlab dasturlashni o’rganishni boshladim, a | Jakhongir Sagdullaev

​​14.01.20 - dan boshlab dasturlashni o’rganishni boshladim, avvaliga internetda frontend kurslarini 6 oy davomida o’qidim. Har xil mentorlarning kurslarini ko’rdim. Lekin o’zimda ishonch yo’q edi ya’ni tajribam kam edi, qo’limga biror loyiha kelsa boshidan oxirigacha tugata olmas edim.

Keyin Muhammadjavohir ustozimni ko’rib qoldim, tanishdim, menga mentorlik qilishlarini so’radim. Ustozim Mayoq platformasini ishga tushirishni reja qilib turgan ekanlar, o’qib ko’rdim menga yoqdi.

O’sha vaqt Najot Ta’limda ham yangi guruhlari ochilayotgan ekan, ustozimda o’qishni judayam xohladim va niyatimga erishdim) Darslar 4,5 oy davom etdi. Ustozni dars o’tishlarini bitta so’z bilan aytganda professional. Nafaqat dasturlash, ustozdan ko’plab “soft skills” va boshqa tajribalarni olganman hozir esa shu tajribalar ishda yordam bo’lyapti.

Ustozim yaqinda online frontend darslarini boshlar ekanlar, agar endi dasturlashga kirish niyatingiz bo’lsa yoki frontend bo’yicha tajriba oshirmoqchi bo’lsangiz Muhammadjavohir akani maslahat beraman. Ayniqsa viloyatdagilar bemalol online o’qisa bo’ladi. @mayoquz