🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#hayo #muslimalarga OMONAT. Abdulloh ibn Abbos roziyollohu | Жума Муборак

#hayo
#muslimalarga

OMONAT.
Abdulloh ibn Abbos roziyollohu anhu shogirdlari Ato ibn Abi Raboh rohimahullohga dedilar:
- Senga jannat ahlidan bo‘lgan ayolni ko‘rsataymi?
- Ha, ko‘rsating.
- Bu ayol Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib dedi:
"Ey Allohning Rasuli! Mening tutqanoq kasalim bor. Uyoq-buyog‘im ochilib qolayapti. Men uchun Allohga duo qilsangiz".
Nabiy alayhis salom unga dedilar:
"Agar xohlasang sabr qil, senga jannat bo‘ladi. Agar xohlasang duo qilaman, Alloh senga ofiyat beradi".
Ayol dedi:
"Mayli sabr qilaman. Ammo ochilib qolayapman. Allohdan ochilib qolmasligimni so‘rab duo qilsangiz".
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam uni duo qildilar.

Ayol tez-tez tutqanoq bilan og‘rib turar edi. Dardi kelganida yerga yumalab hijobi yechilib ketar, ba’zida avratlari ochilib qolar edi. U darhol qalblar va badanlar tabibi tabibi bo‘lmish Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga shoshildi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam uning oldida tezda shifo topishi yoki sabr qilib jannatga erishishini tanlash ixtiyorini qo‘ydilar.
Bu hukm mana shu ayolga xos bo‘lgan bir voqea.
Aslida bemor inson uyda shifo qidirmasdan kasalligiga savob kutib o‘tirishi mumkin emas. Nabiy sallollohu alayhi va sallam davolanishga amr qilganlar.
Ayol juda mohir ekan. Ne’matlari ham, balolari ham tezda yo‘q bo‘ladigan foniy dunyoni qo‘yib abadiy dunyoning saodatini tanladi.

"Ammo ochilib qolayapman".
Ayol xushi o‘zida bo‘lmasada boshi yoki avrati ochilib qolishidan qo‘rqayapti.

Bugun xushi o‘zida bo‘lsada ochiq avratidan uyalmaydigan, qomatining bilinib turishidan tortinmaydiganlar bir talay.

Singlim! Hijob faqatgina sochni yashirish uchun emas. Sen sochlarini ovqatga tushishidan qo‘rqadigan oshpaz emassan.

Yoki sterilizatsiya uchun amaliyot oldidan sochini yashirib oladigan tibbiyot hamshirasi emassan.

Biz hijobli ayol bilan ochiq ayolning o‘rtasini faqatgina uning sochlarini yashiradigan bir bo‘lak mato ajratadi deb o‘ylaydigan bo‘lib qoldik.

Hijob avvalo ibodatdir.
Hijob badanni yashiradigan, uni sifatlamaydigan, uni ko‘rsatmaydigan libosdir. Uning shartlari topilmas ekan u hijob hisoblanmaydi. U havoyi nafs libosiga aylanadi. Ibodatlar shariat aytganidek bo‘lmog‘i lozim.

Soch yashirilsada ammo bo‘yin yoki quloq ko‘rinib tursa, boshda ro‘molu ammo tor va badanga yopishgan shim yoki shaffof kuylak kiyilgan bo‘lsa bu haqqoniy emas, "modnыy" hijob bo‘ladi.
Endi erkaklarning burnini qitiqlaydigan atirlar va makyajlar haqida so‘ramang.

Singillarim! Allohdan taqvo qiling! Siz bu dinni kelajakdagi qizlarimizga yetkazish uchun o‘z gardaningizga olgansiz. Siz namunasiz!

@Juma_Muborak