Get Mystery Box with random crypto!

Olib tanu-tahorat, Topib azmu jasorat. Gunohlarga kafforat, Ju | Жума Муборак

Olib tanu-tahorat,
Topib azmu jasorat.
Gunohlarga kafforat,
Juma bugun yur dostim.
 
Tildan tashlab gʻiybatni,
Olmoq istab rahmatni.
Xohlaysanmi jannatni,
Juma bugun yur dostim.

Savobni izlab chunon,
Keltir Tavhidu iymon.
Dunyodamiz mehmon,
Juma bugun yur dostim.

Haftada ulugʻ mehmon,
Siylayu rahm Rahmon.
Zanjirband nomi shayton,
Juma bugun yur dostim.

Xonaqohga marhabo,
Jamoatdan nur duo.
Qabul etguvchi Olloh,
Juma bugun yur dostim.

Hech boʻlmasa loaqal,
Oqi namoz bir mahal.
Imonga kelib sal pal,
Juma bugun yur dostim.

Qara qancha qabrlar,
Bunda sokin yoturlar.
Mahshar kunni kuturlar,
Juma bugun yur dostim.

Jumada yaraldi dunyo,
Bugun tugaydi gòyo.
Hayoting boʻlmay ròyo,
Juma bugun yur dostim.

Keltirdingmi shahodat,
Shunda  maqbul ibodat.
Qara qanday  jamoat,
Juma bugun yur dostim.

Balki oʻtgandir otang,
Yoki yotgandur onang.
Keldi navbat bizga ham,
Juma bugun yur dostim.

Chiqgin ibodat makon,
Savoling boʻlar oson.
Eshitarsan nur Qur'on,
Juma bugun yur dostim.

Har turlik ming masala,
Eshitgin qunt  hafsala.
Sajda, Subhan, Rabbial a'la,
Juma bugun yur dostim.

Bir soat vaqting ketar,
Shusiz ham soat oʻtar.
Boqiyda azob kutar,
Juma bugun yur dostim.

Topay desang halovat,
Amru ma'ruf rivoyat.
Taningga kuch himoyat,
Juma bugun yur dostim.

Kunlarning kunlik toji,
Shudur jannat me'roji.
Tòrt juma bitta hoji,
Ketdik juma yur dostim.

Unut shayton ablahni,
Yigʻla eslab doʻzaxni.
Mirzo òqir ,,KAHF"ni,
Juma bugun yur dostim.

Muallif: Komron Mirzo


@juma_muborak