🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Matematika fanidan milliy sertifikat

Logo of telegram channel matematikadan_milliy_sertifikat — Matematika fanidan milliy sertifikat M
Logo of telegram channel matematikadan_milliy_sertifikat — Matematika fanidan milliy sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 5.03K
Description from channel

👉 Matematika fanidan milliy sertifikat kanali 👈
✅ Milliy sertifikat boʻyicha kunlik masalalar
.
.
.
Aloqa uchun: @Milliysertifikat_bot
Rasmiy sahifalarimiz
https://linkfly.to/Shomurod

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 113

2021-03-16 07:00:27 #fikr_yuritish_vaqti

OʻQISH – KERAK, UQISH – SHART!

“…Sevgida quyosh kabi boʻl.
Doʻstlik va qardoshlikda oqar suv kabi boʻl.
Birovlarning xatolarini yopishda tun kabi boʻl.
Tavozeda tuproq kabi boʻl.
Gʻazab onida oʻlik kabi boʻl.
Har ne boʻlsang boʻl, yo asling kabi koʻrin, yo koʻringaning kabi boʻl…”.

Jaloliddin Rumiy

@matematikadan_milliy_sertifikat
1.5K views04:00
Open / Comment
2021-03-16 05:00:08
#xayrli_kun

Sizda-chi, sizda qanday edi?

@matematikadan_milliy_sertifikat
3.2K views02:00
Open / Comment
2021-03-15 18:41:08 #fikr_yuritish_vaqti

Berganing ozligidan uyalma
(juda ham ibratli hayotiy voqea)

Misr davlatining telekoʻrsatuvlaridan birida bir xayriya aksiyasi eʼlon qilindi.

Unda bir bemorning ichki aʼzosini koʻchirish uchun 150,000 AQSH dollari zarurligi aytilib, koʻngillilardan yordam soʻraldi va hisob kartasi raqamlari havola qilindi. Odamlar darrov tashabbus koʻrsatib, hisob raqamiga pullar oʻtkazishni boshlab yuborishdi. Ularning koʻplari katta tadbirkorlar edi. Bu orada boshqa koʻplab insonlar televideniya bilan bogʻlanib, holat yuzasidan soʻrab turishdi.

Hech qancha vaqt oʻtmay 850,000 junayx pul yigʻildi. Lekin eʼtiborlisi bu emas. Gap shundaki, pul yigʻish jarayonida bir kishi ikki dollar pul joʻnatdi. Bu Misr puliga 15 junayx degani edi. Koʻplar katta miqdorda pul oʻtkazayotganda bunchalik oz pul oʻtkazish juda gʻalati edi. Bundan ajablangan teleboshlovchi shu pulni joʻnatgan kishi haqida soʻrishtirib, uning telefon raqamini topdi.

Ushbu ishning tafsilotini soʻrash uchun unga qoʻngʻiroq qildi. U yosh yigit ekan va savolga shunday javob berdi:
— “Ha, bu juda oz pul. Lekin u oylik daromadimning yarmi edi. Ali roziyallohu anhu: «Berganing ozligidan uyalma, chunki umuman bermaslik undan ham ozdir”, deganlar.
Men yordam qoʻlini choʻzishni istadim, befarq boʻla olmadim».

Bu jonli koʻrsatuv juda taʼsirli edi. Telefondagi muloqotdan esa tomoshabinlarning ham qalbi junbushga keldi.
Hali pul yigʻish jarayoni davom etar yedi. Shu vaqt teleboshlovchi navbatdagi qoʻngʻiroqni qabul qildi.

Bu galgi kishi ushbu xayriya aksiyasida qatnashmoqchiligini va 8000 dollar ajratganini, uning 4000 bemorga, qolgan 4000 esa haligi ikki dollar joʻnatgan yigitga ekanini aytdi.
Keyin yana boshqasi telefon qilib, 5000 dollar oʻtkazishini, uning yarmi bemorga, yarmi esa haligi yigitga, dedi.

Koʻrsatuv soʻngigacha operatsiya uchun istalgan mablagʻ toʻliq yigʻildi. Unga qoʻshimcha boyagi yigitga ham ancha pul oʻtkazildi. Endi voqea yanada qiziq tus oldi. Teleboshlovchi kelasi koʻrsatuvga shu yigit taklif qilinishini eʼlon qildi.

Yigit taklifni qabul qilib, koʻrsatuvga tashrif buyurdi. U oddiy bir oiladan chiqqan oddiygina yigit ekan. Ish joyi haqida soʻrashgan edi u ayni vaqtda ishsiz ekanini, oldinroq bir joyda ishlagani lekin yoʻl kiraning qimmatligidan u yerdan ketganini aytdi.
Jonli efirda uzatilayotgan bu koʻrsatuvga har xil ish tashkilotlaridan qoʻngʻiroq qilib yigitga ish taklif qila boshlashdi. Yigit ulardan birini qabul qildi. Bu u uchun juda yaxshi taklif edi. Shu bilan yigit koʻrsatuv nihoyasiga yetmasidanoq rasmiy ravishda ishga qabul qilindi.

Muhammadali

@matematikadan_milliy_sertifikat
2.0K views15:41
Open / Comment
2021-03-15 12:43:09
#bir_misol_yechimi
#obunachi_misoli
#foydali

Valijonov Rustamxon.

Siz ham o'zingizning misolingizni (kanalimizda yo'q bo'lgan) albatta uning yechimi bilan
@Milliysertifikat_bot ga yuborishingiz mumkin.

@matematikadan_milliy_sertifikat
3.2K views09:43
Open / Comment
2021-03-14 18:44:46
#xayrli_kech

Tushunganlar tushunadi

@matematikadan_milliy_sertifikat
747 views15:44
Open / Comment
2021-03-14 15:04:44
#foydali
#olimpiada

"Qo'qon olimpiadasi"ning Respublika bosqichi 8-9-sinflar uchun test topshiriqlari yechimlari.

Abdumutalov Sherzodbek

@matematikadan_milliy_sertifikat
3.6K views12:04
Open / Comment
2021-03-14 14:09:52
#foydali
#olimpiada

"Qo'qon olimpiadasi"ning Respublika bosqichi 10-11-sinflar uchun test topshiriqlari.

Testlar bilan baham ko'rganligi uchun Sadullaeva Sitorabonuga minnatdorchilik bildiramiz

@matematikadan_milliy_sertifikat
1.5K views11:09
Open / Comment
2021-03-14 12:05:14#foydali
#qiziqarli

Xalqaro π kuni

Matematikada shunday son borki, ushbu sonni matematik mutaxassislar va ayniqsa geometriya shinavandalari haqiqatan ham "ardoqlashadi". So'z riyoziyot va handasa ilmining eng o‘tkir zehnli olimlarini hali hanuz o‘ziga maftun etib kelayotgan va hatto bu son haqida Gollivudda kinofilm ham ishlangan π soni haqida bormoqda.

Har yilning 14-mart sanasi Xalqaro π kuni sifatida nishonlanadi. Chunki bu sana yilning 3-oyining 14-sanasi, ya'ni, 3.14 ga to‘g‘ri keladi. 2015 yilning 14-mart sanasi esa bu borada yanada katta muvofiqlikdagi " π kuni " sifatida o‘tgan (ya'ni, 3.14.15).

Uilyam Shenks (1812-1882) ko’p yillar davomida π sonining birinchi 707 raqamini topish ustida ishlagan edi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, u 527 razryadda xatolikka yo’l qo’ygan ekan.

2002 yilda yaponiyalik olim quvvatli kompyuter Hitachi SR 8000 yordamida π sonidagi 1,24 trillion sonni hisobladi.

2011 yilning oktabrida π soni verguldan keyin 10 000 000 000 000 son aniqlikkacha hisoblangan.

π soni haqida yozib qoldirilgan ilk ma’lumotlardan birini Mirslik Axmes ismli yozuvchi (e.a. 1650 yillar atrofi), hozirda Arximes papirusi (Rinda) nomi bilan mashhur ma’lumotlarda uchratish mumkin.

Insonlar π sonini 4000 yil mobaynida o’rganib kelmoqdalar.

π sonining verguldan keyingi birinchi million belgi: 99959 nollar, 99758 birlar, 100026 ikkilar, 100229 uchlar, 100230 to’rtlar, 100359 beshlar, 99548 oltilar, 99800 yettilar, 99985 sakkizlar va 100106 to’qqizlardan tashkil topgan.

Al-Xorazmiy (algebra asoschisi) astoydil π sonini hisobi ustida ishladi va birinchi to’rt sonni aniqladi: 3,1416.

«π» belgisi 1700 yillarda matematikaga tadbiq qilina boshlandi.

Isaak Nyuton Pi sonini verguldan so’ng 16 belgigacha hisobladi.

@matematikadan_milliy_sertifikat
2.0K views09:05
Open / Comment