Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uch | Matters

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lager!

AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi 9-10-sinf oʻquvchilar uchun Samarkand–USA English Camp – 2022 yozgi lagerini eʼlon qildi. Mazkur yozgi lagerda qatnashish mutlaqo BEPUL. Shuningdek oʻquvchilar uchun bepul yotoqxona va oziq-ovqat ham taʼminlanadi.

Lager 2022-yil 15-iyundan 15-iyulgacha Samarqandda boʻlib oʻtadi.

Lager davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
– ingliz tilini rivojlantirish
– Amerika haqida oʻrganish
– butun Oʻzbekistondan yangi doʻstlar orttirish
– turli oʻyinlar, klublar va sport hamda boshqalar

Ishtirokchilar 1 oy davomida Samarqand davlat chet tillari institutidagi maxsus darslarga qatnaydi.

Lager uchun arizalar 2022-yil 14-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Ishtirok etish uchun koʻrsatilgan sanagacha BU YERDA ariza topshirish kerak.

KOʻP BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

@grantlar