2022-03-28 14:28:00
Moliyaviy savodxonlik jiddiy mavzu. Farzandlarda bu ko'nikma shakllanishi oqibatida ular:
1. Mablag'larni maqsadli sarflashni (xalq tilida 'pulni qadriga yetish'),
2. Qisqa va uzoq muddatli moliyaviy rejalar tuzishni,
3. Turli moliyaviy mahinaciyalardan saqlanishni,
4. Mablag'larning moddiy ehtiyojni qondirishdan boshqa turli qo'llanmalarini (ehson, m-n) o'rganishadi.
Avval 'piggy bank', 'money jar', ya'ni 'bolish tagida pul saqlash' aktual edi. Men ham shu usuldan foydalanib, "sarflash, jamg'arish, ehson qilish" uchun qutichalar qo'llagan edim. Lekin hozir pul ko'rinmas bo'lib boryapti. Ommoviy, zomonaviy (c) usullar kerak. Ehson qilishni ham turli yo'llari bor va u albatta uyizda yotgan puldan emas, cho'ntakdagi puldan, kartadan ham amalga oshirilishi mumkin va hokazo.
Bank kartasidan foydalanganimizni ko'rib, aytganimdek o'g'limiz "o'ppa-o'zini" kartasi bo'lishini hohladi. Shu paytgacha o'zimga ochilgan, ishlatmaydigan shu kartamni bergan edim. Lekin baribir original, o'sha o'ppa-o'ziniki boshqa.
165 views11:28