🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Talabgorlar diqqatiga! O’zbekiston Respublikasi Vazirlar | MILLIY SERTIFIKAT

​​Talabgorlar diqqatiga!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Britaniya Kengashi o’rtasida 2020-yil 2-mart kuni chet tillari o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun Aptis for teachers test sinovlarini o’tkazish haqida kelishuv bitimi imzolandi.
Ushbu bitimga ko’ra Davlat test markazi hamda Britaniya Kengashi tomonidan jadvalga muvofiq chet tillari o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun Aptis for teachers test sinovlari o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Aptis for teachers test natijalariga ko’ra C darajaga ega bo’lgan o’qituvchilarga mazkur hujjatning amal qilish muddati davomida chet tillari o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlaridan o’tishlari talab etilmaydi.
Aptis for teachers test sinovlari kompyuterda onlayn tarzda o’tkaziladi va o’z ichiga tinglab tushunish, o’qish yozish va gapirish ko’nikmalarini oladi. Test sinovlari natijalari 3 kun ichida e’lon qilinadi.
Davlat test markazi va Britaniya Kengashi hamkorligida o’tkaziladigan Aptis for teachers test sinovlarida ishtirok etish uchun to’lov, bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 barobari etib belgilangan.