Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.14K
Description from channel

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)
Guruh linki: https: @milliyfikrlar
Reklama: https://t.me/milliys_reklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages

2022-09-01 09:06:06
Bayramingiz muborak boʻlsin!

@edu_talim_uz
1.2K views06:06
Open / Comment
2022-08-27 23:27:00
Yakuniy imtihon natijalari (mandat) eʼlon qilindi

Bu haqda DTM maʼlum qildi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

Shu saytga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

Ushbu saytning “Bakalavr-2022” boʻlimiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi, borib koʻrish mumkin.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, tarixda birinchi marta DTM natijalarni oʻz vaqtida eʼlon qildi.

@markaz_uzbekistan
3.6K views20:27
Open / Comment
2022-08-05 09:12:39 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari 6 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, 120 ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 2022-yil 4-6-avgust kunlari my.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.dtm.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng apellatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.6K views06:12
Open / Comment
2022-08-05 09:12:39 ​​#Qabul2022
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.1K views06:12
Open / Comment
2022-08-01 12:00:22 #Qabul2022
Chet tili sertifikatlarining 1000 dan ziyodi o‘z tasdig‘ini topmadi

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Buning uchun abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadilar va ularning sertifikatlari mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.

Joriy yilgi abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod chet tili sertifikati tizimga yuklandi.

Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi (ularning aksariyati chet tili sertifikati emas).

Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Qalbakilashtirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK, 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Qayd etish kerakki, joriy yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etdi. Bu 2021-yilga nisbatan 17 468 taga yoki 2,6 barobarga ko‘p (2021-yilda 10 648 ta).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.0K views09:00
Open / Comment
2022-07-26 14:48:40
http://my.gov.uz sayti Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarining navbatdagi sanalari koʻrsatmoqda:

2022.10.25
2022.11.22
2022.12.20

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
14.2K views11:48
Open / Comment
2022-07-26 14:46:39 Ҳурматли абитуриентлар!
Қабул эртага якунланади. Барчадан илтимос ўрнатилган тартибда рўйхатдан ўтинг. Оҳирги соатни кутманг. Ҳозироқ рўйхатдан ўтиб йўналишларни танлаб қўйинг.
Барчага омад.

PS. Чет тили фанидан касбий (ижодий) имтиҳонлар натижаларини текшириш ишлари бошланган. Имтиҳонлар бугун якунланади.
Натижалар эълон қилинганда қўшимча маълумот берилади.
11.4K views11:46
Open / Comment
2022-07-25 11:01:32
#Bilasizmi

Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanadi.

Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o'tkaziladigan fanlar bo'yicha aynan g'oliblikni qo'lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g'olibiga beriladi;

ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari tomonidan g'oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.(https://t.me/huquqiyaxborot_lotin)

Kanalga ulanish
@milliy_sertifikat
12.7K viewsedited  08:01
Open / Comment
2022-07-16 11:28:27 #Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.8K views08:28
Open / Comment
2022-07-16 09:38:05 https://t.me/+SctRvTneNIMHZ_iC
12.1K views06:38
Open / Comment