Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.14K
Description from channel

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)
Guruh linki: https: @milliyfikrlar
Reklama: https://t.me/milliys_reklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2022-07-14 22:09:41 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 14-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 575 834 nafar.

Shundan:

268 666 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
307 168 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 354 485 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 205 211 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 12 743 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 395 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 67 321 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 64 772 nafar.
Toshkent viloyati — 58 073 nafar.
Farg‘ona viloyati — 54 470 nafar.
Surxondaryo viloyati — 46 356 nafar.
Andijon viloyati — 41 561 nafar.
Toshkent shahri — 37 168 nafar.
Namangan viloyati — 36 657 nafar.
Buxoro viloyati — 34 187 nafar.
Jizzax viloyati — 32 013 nafar.
Xorazm viloyati — 29 512 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 27 664 nafar.
Navoiy viloyati — 25 337 nafar.
Sirdaryo viloyati — 20 743 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.5K views19:09
Open / Comment
2022-07-09 02:04:14
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
12.3K views23:04
Open / Comment
2022-07-05 19:49:51 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 16-17-18-iyun hamda 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.8K views16:49
Open / Comment
2022-07-05 19:13:48 Бугун июнь ойида Чет тилини билиш даражасини аниқлаш (CEFR)
бўйича ўтказилган тест синовларининг натижалари эълон қилинади.
Барчага омад тилайман!
13.9K views16:13
Open / Comment
2022-06-29 00:50:15 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 28-iyun 18:30 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 132 783 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 26 638 nafar (20 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 106 145 nafar (80 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 50 340 nafar. Shundan:

23 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
27 201 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 3 337 nafar.
Samarqand viloyati — 2 817 nafar.
Toshkent shahri — 2 782 nafar.
Farg‘ona viloyati — 2 527 nafar.
Andijon viloyati — 2 473 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 2 381 nafar.
Surxondaryo viloyati — 1 838 nafar.
Namangan viloyati — 1 606 nafar.
Buxoro viloyati — 1 476 nafar.
Navoiy viloyati — 1 243 nafar.
Jizzax viloyati — 1 225 nafar.
Sirdaryo viloyati — 1 087 nafar.
Xorazm viloyati — 972 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 874 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.0K views21:50
Open / Comment
2022-06-20 23:02:45
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 26-27-28-may hamda 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.4K views20:02
Open / Comment
2022-06-20 11:00:53
#Qabul2022
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
672 viewsedited  08:00
Open / Comment
2022-06-19 21:17:40 #Qabul2022
Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 20-iyun kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.7K viewsedited  18:17
Open / Comment
2022-06-18 10:10:08
#Инфографика

Президент Фармонига кўра 2022 йил 1 сентябрдан умумтаълим фанлари бўйича тегишли даражадаги сертификатга эга бўлган педагог кадрларга белгиланган тартибда ҳар ойлик қўшимча устама тўланади.

Мактаб кутубхоналари
ва «Болалар кутубхоналари» ходимларининг ойлик иш ҳақи 1,2 бараварга оширилади.

Шу ва бошқа муҳим маълумотлар билан батафсил юқоридаги инфографика орқали танишишингиз мумкин. (@uzedu)


Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
5.3K viewsedited  07:10
Open / Comment
2022-06-16 14:03:17 Navbatdagi tayyorgarlik testlari (4-5-6-7-8-9-10 sinf oʻquvchilari uchun ixtisoslashtirilgan maktablariga) 19-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Tayyorgarlik testi haqiqiy imtihonlar formatida boʻlib oʻtadi: (ushbu testlarda 4-5-6-7-8-9-10-sinf bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin)

ANIQ FANLAR YOʻNALISHI BOʻYICHA:
4-5-sinf bitiruvchilari uchun
Matematika – 25 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili — 15 ta savol (2.1 ball)
6-7-8-9-10-sinf bitiruvchilari uchun
Matematika – 20 ta savol (3.1 ball)
Fizika – 10 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili – 10 ta savol (1.1 ball)

TABIIY FANLAR YOʻNALISHI BOʻYICHA:
6-sinf bitiruvchilari uchun
Biologiya – 25 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili – 15 ta savol (2.1 ball)
7-8-9-10-sinf bitiruvchilari uchun
Biologiya – 15 ta savol (3.1 ball)
Kimyo – 15 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili – 10 ta savol (1.1 ball)

Testlarni bajarishga 2 soat vaqt beriladi.

Testlar Respublika boʻylab barcha hududlardagi oʻquv markazlarida boʻlib oʻtadi

Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun:
— ism va familya
— sinf va yoʻnalish
— telefon nomer
— yashash shahar yoki tumaningizni

@ms_adminn ga telegram orqali sms qilib yuboring.

Masalan:
— Uzoqov Alisher
— 6-sinf bitiruvchisi Aniq fanlar yoʻnalishiga
— +998 95 123 45 67
— Termiz shahri

Kanalga ulanish:
@edu_talim_uz
3.7K views11:03
Open / Comment