Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.14K
Description from channel

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)
Guruh linki: https: @milliyfikrlar
Reklama: https://t.me/milliys_reklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 6

2022-04-26 20:13:05 Kanalda reklama va tijoriy takliflar uchun aloqa: @milliy_sertifikat_admin

Kanal: @milliy_sertifikat
1.5K views17:13
Open / Comment
2022-04-25 12:28:42 Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

- - -

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

- - -

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.7K viewsedited  09:28
Open / Comment
2022-04-23 16:56:37 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 10-14- va 16-may kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.0K viewsedited  13:56
Open / Comment
2022-04-22 18:09:21 https://t.me/+SctRvTneNIMHZ_iC
2.2K views15:09
Open / Comment
2022-04-21 17:02:52 Kanalimizda eʼlon qilingan ayrim postlarga havolalar (postni oʻqish uchun koʻk yozuv ustiga bosing)

Xorijiy tillar boʻyicha sertifikatga ega davlat boshqaruv hodimlari 20 fozigacha qoʻshimcha ustamaga ega

Ingliz tili B2 daraja haqida umumiy maʼlumot

Fizika, matematika, ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus), kimyo, biologiya boʻyicha milliy sertifikat imtihoni fan spetsifikatsiyasi

Milliy sertifikat fanlaridan namunaviy testlar

Milliy sertifikat Chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari) imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

Matematika oʻqituvchilari ushbu fandan milliy sertifikatga ega boʻlsa, 25% dan 50% gacha ustamaga ega boʻladi.

Milliy sertifikat koʻrinishi (rasm)

Milliy sertifikatga ega abituriyentlar qanday imtiyozga ega boʻladi?

Milliy sertifikat nizomi

Shu kunga qadar umumtaʼlim fanlaridan necha marotaba milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtdi?

Milliy sertifikat imtihonlari qachon boʻlib oʻtadi? degan savolga bizning javobimiz.

Milliy sertifikat oʻqituvchilarga qanday imtiyoz (ustama) beradi?

Obunachilardan kelgan savollarga javoblar

C1 sertifikatiga ega rus tili oʻqituvchilariga ustama toʻlanadi

Chet tilidan koʻp darajali test tizimi

Milliy sertifikat boʻyicha asosiy va umumiy maʼlumotlar!

13-mart kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, Ingliz tili (B2), Kimyo, Biologiya va Fizika fanlaridan MILLIY SERTIFIKAT formatidagi tayyorgarlik (diagnostika) testlari boʻlib oʻtadi.

Ushbu test haqida umumiy maʼlumotlar

Repetitsion testlar qaysi hududlarda boʻlib oʻtadi?

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
5.2K views14:02
Open / Comment
2022-03-30 19:05:40
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 29-30-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari yangi format asosida ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda, nemis va fransuz tillaridan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 1 137 nafar talabgordan 1 110 nafari ishtirok etdi, 27 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 5-8-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. (@nsfla_uz)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
23.7K views16:05
Open / Comment
2022-03-30 18:11:03 27-mart kuni boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik (probniy) test natijalari.

Barcha hududlar boʻyicha (jadval toʻldirilmoqda)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
19.4K viewsedited  15:11
Open / Comment
2022-03-30 03:04:17 #Қонунчиликдаги_янгилик!
Вазирлар Махкамасининг 2021 йил 15 октабрдаги 646-сонли қарорига
мувофиқ умумтаълим фанларидан бири бўйича халқаро тан олинган сертификатга ёки Вазирлар Маҳкамасининг “Умумтаълим фанларини билиш даражасини баҳолашнинг миллий тест тизимини жорий этиш тўғрисида” 2020 йил 12 октябрдаги 646-сон қарорига мувофиқ умумтаълим фанларини билиш даражаси тўғрисидаги сертификатга эга бўлган:

Педагогика йўналишидаги олий таълим муассаса (факультет)ларининг 2021 йил ва ундан кейинги йиллардаги битирувчилари:

бир маъмурий-ҳудудий бирлик доирасида бошқа туман ва шаҳарлардан келиб, таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда меҳнат фаолиятини амалга оширганда, уларнинг базавий тариф ставкаларига 50 фоиз;

бошқа маъмурий-ҳудудий бирликдан келиб меҳнат фаолиятини амалга оширганда, уларнинг базавий тариф ставкаларига 100 фоиз махсус устамалар тўланади.

Олий маълумотли педагог ходимлар ва педагогика йўналишидаги олий таълим муассаса (факультет)ларининг битирувчилари тўғридан-тўғри иккинчи малака тоифасига ( ) эга бўлади.

Бундан кўриниб турибдики, юқорида қайд этилган сертификатга эга бўлган педагогика йўналишининг битирувчилари умумтаълим муассасасига ишга қабул қилинганда, 2-малака тоифаси берилади. Бу дегани уларга 2-малака тоифасига мутаносиб равишда ҳақ тўлади.

П.С. ОТМларнинг педагогика йўналиши талабалари ушбу имкониятни қўлдан бой берманг! Ё халқаро тан олинган ёки миллий сертификат олинг ва ортиқча оворагарчиликсиз 2-тоифага эга бўлинг.
(@yurist_imomniyozov)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
19.5K viewsedited  00:04
Open / Comment
2022-03-29 11:19:44
Savol: Ona tili milliy sertifikat imtihonlari qachon boʻlib oʻtadi?

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
16.2K views08:19
Open / Comment
2022-03-29 11:02:59 Davlat test markazi direktori: Bir yilda 4 martagacha milliy sertifikat imtihonlari tashkillashtirish rejalashtirilgan.

(Bugungi matbuot anjumanidan)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
14.0K views08:02
Open / Comment