🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 29-30-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari yangi format asosida ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda, nemis va fransuz tillaridan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 1 137 nafar talabgordan 1 110 nafari ishtirok etdi, 27 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 5-8-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. (@nsfla_uz)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat