Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.14K
Description from channel

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)
Guruh linki: https: @milliyfikrlar
Reklama: https://t.me/milliys_reklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 9

2022-02-18 14:15:28 2022-yil 1-martdan kuchga kiradigan umumlashtirilgan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi haqida birinchi marotaba 2018-yil 30-avgust kuni kanalimizda taklif berilgan.
https://t.me/milliy_sertifikat/1496

2018-yil 14-noyabr kunida kanalimiz tomonidan Davlat test markazi hodimi bilan intervyu qilingan. Oʻsha suhbatda ushbu tizim rejalashtirilayotgani haqida aytib oʻtilgan.
https://t.me/milliy_sertifikat/2346

Ushbu tizim haqida birinchi marta 2019-yil 26-iyulda kun.uz da maqola chiqqan.
https://t.me/milliy_sertifikat/4293

2020-yildan boshlab milliy tizimda 2 ta muhim yangilik joriy etilishi kutilyapti! Biri multilevel tizimi edi.
Bu haqida 2019-yil 6-noyabr kuni xabar kanalimizda xabar berganmiz.
https://t.me/milliy_sertifikat/4525

2022-yil 17-noyabr kunida 1-martdan ushbu tizim ishga tushishi haqida maʼlumot berildi.
https://t.me/milliy_sertifikat/4825

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
651 views11:15
Open / Comment
2022-02-17 17:18:06 Fizika fanidan savollar namunasi (Milliy sertifikat)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.9K viewsedited  14:18
Open / Comment
2022-02-17 15:53:45 2022-yil 1-martdan:

chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar YIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi;

talabgordan 3,5 x 4,5 sm fotosurat va davlat xizmati uchun to‘lovni tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi;

imtihon o‘tkaziladigan kunlar DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi;

test natijalarini e’lon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartiriladi;

malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma YIDXP orqali natija e’lon qilingan kundan boshlab 1 ish kunida talabgorga yuboriladi.

Amaldagi har bir daraja (A2,B1, B2, C1) uchun alohida imtihon topshirish tartibiga qo‘shimcha ravishda umumlashtirilgan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi (B1, B2, C1) joriy qilinadi.

Ko‘p darajali test tizimi 2022-yil 1-martdan – ingliz tili uchun, 2022- yil 1-noyabrdan – nemis, fransuz va arab tillari uchun joriy etiladi.

Talabgorlar malaka imtihonini o‘tkazish joyi va aniq vaqti to‘g‘risida imtihon sanasidan 3 kun oldin xabardor qilinadi.

Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘li bilan aniqlanadi va u tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish va gapirish bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.

Reglament 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi. (https://t.me/dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.0K viewsedited  12:53
Open / Comment
2022-02-17 11:36:30
Qadrli kuzatuvchilarimiz !!!
Sizga ma'lumki, joriy oyning 20-sanasida (20.02.2022) butun Respublikamiz miqyosida Prezident maktablari kirish imtihonlari uchun diagnostik testlar tashkil qilinayapti.

Buxoro shahri bilimdonlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida @Bukhara_Paradox o'quv markazi hamda @Abu_Hafs_international_school jamoasi, ushbu testlarda ishtirok etib eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan 10 nafar ishtirokchiga 10ta 500.000 ming so'mlik, umumiy qiymati 5.000.000 ( besh million ) so'mlik "vaucherlarni" taqdim qilishadi.

P,s: Ilmga tikilgan sarmoya - eng xayrli sarmoyadir...


Batafsil: +998914489666
+998997789666

@isomiddin_chuliyev
2.6K views08:36
Open / Comment
2022-02-17 07:15:27 Quyida Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 45 ta savol mavjud boʻlib, ular 5-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 45 ta savol oʻz oʻrnida 3 turga boʻlinadi:
Yopiq – 20 ta;
Qisqa ochiq – 23 ta;
Batafsil ochiq – 2 ta.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat)

Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi topshiriqlari yordamida quyidagi aqliy faoliyat turlari baholanadi:
tushunish (bilish);
qo‘llash;
mulohaza yuritish.

Baholash esa quyidagicha tartibda boʻladi:
Yopiq turdagi savol: agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, murakkablik darajasiga ko‘ra 1 yoki 2 ball;
Qisqa ochiq: agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, maksimal ball (1, 2, 3 ball);
Batafsil javobli ochiq testni baholash mezoni har bir topshiriq uchun alohida ishlab chiqiladi.
Maksimal ball – 100.

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
1.6K views04:15
Open / Comment
2022-02-17 07:14:02 Quyida Ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni 3 boʻlimdan iborat:

Oʻqib tushunish (bitta, bir nechta javob yok moslashtirishni talab etadigan turdagi 20 ta savoldan iborat test);
Adabiyot (bitta, bir nechta javob yoki moslashtirishni talab etadigan turdagi 40 ta savoldan iborat test);
Yozma savodxonlik (bitta yoki kengaytirilgan javob talab etadigan turdagi test).

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat):
I – 40 daqiqa;
II – 70 daqiqa;
III – 70 daqiqa.

Savollar turi va qiyinchiligiga qarab, 2,3,4,9,10,12,14,20 va 24 ballarni qoʻlga kiritishi mumkin. Natijalar 100 ballik meʼzonda aniqlanadi.

Sertifikat olish uchun 100 foizdan 60 yoki undan yuqori foiz toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
1.2K views04:14
Open / Comment
2022-02-17 07:12:29 Quyida Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 50 ta savol mavjud boʻlib, ular 7-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 50 ta savol oʻz oʻrnida 6 turga boʻlinadi:
Y1: bitta toʻgʻri javobli yopiq test;
Y2: bir nechta turi javobli yopiq test
Y3: moslashtirishni talab etadigan yopiq test;
Y4: toʻgʻri/notoʻgʻri shaklidagi yopiq test;
O1: qisqa ochiq test;
O2: kengaytirilgan ochiq test.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat)

Baholash esa savol turi va qiyinligiga qarab 1 baldan 4 balgacha taqdim etiladi.
Maksimal ball – 100.

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
1.2K views04:12
Open / Comment
2022-02-17 07:11:00 Quyida Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 50 ta savol mavjud boʻlib, ular 5-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 50 ta savol oʻz oʻrnida 6 turga boʻlinadi:
Y1 – bitta toʻgʻri javobga ega muqobil javobli yopiq test topshirigʻi;
Y2 – berilganlar orasidan ikkita biologik ob’ekt, hodisa va jarayonni aniqlashga doir yopiq
test topshirigʻi;
Y3 – berilgan biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni muvofiqlashtirishga doir yopiq test
topshirigʻi;
O1 – berilgan sxema, jadvalda bitta biologik ob’ekt, hodisa va jarayonni aniqlashga doir
ochiq test topshirigʻi;
O2 – biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlar ketma-ketligini aniqlashga doir ochiq test
topshirigʻi;
O3 – grafik yoki jadvalda berilgan ma’lumot tahliliga doir ochiq test topshirigʻi.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt ajratiladi (2 soat)

Baholash esa savol turi va qiyinligiga qarab 1 baldan 3 balgacha taqdim etiladi.
Maksimal ball – 100.

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
1.2K views04:11
Open / Comment
2022-02-17 07:09:18 Quyida Fizikadan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 45 ta savol mavjud boʻlib, ular 6-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 45 ta savol oʻz oʻrnida 3 ta turga boʻlinadi:
Ochiq savollar - 32 ta;
Yopiq savollar - 10 ta;
Yozma ish - 3 ta.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi (2 soat-u 30 daqiqa)

Baholash esa quyidagicha tartibda boʻladi:
Har bir toʻgʻri topilgan yopiq turdagi savollarga 1 balldan 1.5 balgacha (savol qiyinligiga qarab);
Har bir toʻgʻri topilgan ochiq turdagi savollarga 2 ball;
Yozma ish uchun esa 12 balgacha taqdim etilishi mumkin.
Maksimal ball: 100 ball

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
1.3K views04:09
Open / Comment
2022-02-11 10:17:05 @milliy_sertifikat
2.5K viewsedited  07:17
Open / Comment