🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Quyida Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼ | MILLIY SERTIFIKAT

Quyida Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 50 ta savol mavjud boʻlib, ular 5-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 50 ta savol oʻz oʻrnida 6 turga boʻlinadi:
Y1 – bitta toʻgʻri javobga ega muqobil javobli yopiq test topshirigʻi;
Y2 – berilganlar orasidan ikkita biologik ob’ekt, hodisa va jarayonni aniqlashga doir yopiq
test topshirigʻi;
Y3 – berilgan biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni muvofiqlashtirishga doir yopiq test
topshirigʻi;
O1 – berilgan sxema, jadvalda bitta biologik ob’ekt, hodisa va jarayonni aniqlashga doir
ochiq test topshirigʻi;
O2 – biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlar ketma-ketligini aniqlashga doir ochiq test
topshirigʻi;
O3 – grafik yoki jadvalda berilgan ma’lumot tahliliga doir ochiq test topshirigʻi.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt ajratiladi (2 soat)

Baholash esa savol turi va qiyinligiga qarab 1 baldan 3 balgacha taqdim etiladi.
Maksimal ball – 100.

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat