🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Quyida Fizikadan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot ol | MILLIY SERTIFIKAT

Quyida Fizikadan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 45 ta savol mavjud boʻlib, ular 6-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 45 ta savol oʻz oʻrnida 3 ta turga boʻlinadi:
Ochiq savollar - 32 ta;
Yopiq savollar - 10 ta;
Yozma ish - 3 ta.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi (2 soat-u 30 daqiqa)

Baholash esa quyidagicha tartibda boʻladi:
Har bir toʻgʻri topilgan yopiq turdagi savollarga 1 balldan 1.5 balgacha (savol qiyinligiga qarab);
Har bir toʻgʻri topilgan ochiq turdagi savollarga 2 ball;
Yozma ish uchun esa 12 balgacha taqdim etilishi mumkin.
Maksimal ball: 100 ball

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat