🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

2022-yil 1-martdan: chet tilini bilish darajasini aniqlash, | MILLIY SERTIFIKAT

2022-yil 1-martdan:

chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar YIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi;

talabgordan 3,5 x 4,5 sm fotosurat va davlat xizmati uchun to‘lovni tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi;

imtihon o‘tkaziladigan kunlar DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi;

test natijalarini e’lon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartiriladi;

malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma YIDXP orqali natija e’lon qilingan kundan boshlab 1 ish kunida talabgorga yuboriladi.

Amaldagi har bir daraja (A2,B1, B2, C1) uchun alohida imtihon topshirish tartibiga qo‘shimcha ravishda umumlashtirilgan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi (B1, B2, C1) joriy qilinadi.

Ko‘p darajali test tizimi 2022-yil 1-martdan – ingliz tili uchun, 2022- yil 1-noyabrdan – nemis, fransuz va arab tillari uchun joriy etiladi.

Talabgorlar malaka imtihonini o‘tkazish joyi va aniq vaqti to‘g‘risida imtihon sanasidan 3 kun oldin xabardor qilinadi.

Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘li bilan aniqlanadi va u tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish va gapirish bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.

Reglament 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi. (https://t.me/dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat