🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Quyida Ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihon | MILLIY SERTIFIKAT

Quyida Ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni 3 boʻlimdan iborat:

Oʻqib tushunish (bitta, bir nechta javob yok moslashtirishni talab etadigan turdagi 20 ta savoldan iborat test);
Adabiyot (bitta, bir nechta javob yoki moslashtirishni talab etadigan turdagi 40 ta savoldan iborat test);
Yozma savodxonlik (bitta yoki kengaytirilgan javob talab etadigan turdagi test).

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat):
I – 40 daqiqa;
II – 70 daqiqa;
III – 70 daqiqa.

Savollar turi va qiyinchiligiga qarab, 2,3,4,9,10,12,14,20 va 24 ballarni qoʻlga kiritishi mumkin. Natijalar 100 ballik meʼzonda aniqlanadi.

Sertifikat olish uchun 100 foizdan 60 yoki undan yuqori foiz toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat