🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Quyida Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida ma | MILLIY SERTIFIKAT

Quyida Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 45 ta savol mavjud boʻlib, ular 5-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 45 ta savol oʻz oʻrnida 3 turga boʻlinadi:
Yopiq – 20 ta;
Qisqa ochiq – 23 ta;
Batafsil ochiq – 2 ta.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat)

Matematika fanidan bilimlarni baholashning milliy test sinovi topshiriqlari yordamida quyidagi aqliy faoliyat turlari baholanadi:
tushunish (bilish);
qo‘llash;
mulohaza yuritish.

Baholash esa quyidagicha tartibda boʻladi:
Yopiq turdagi savol: agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, murakkablik darajasiga ko‘ra 1 yoki 2 ball;
Qisqa ochiq: agar belgilangan javob to‘g‘ri bo‘lsa, maksimal ball (1, 2, 3 ball);
Batafsil javobli ochiq testni baholash mezoni har bir topshiriq uchun alohida ishlab chiqiladi.
Maksimal ball – 100.

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat