Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.14K
Description from channel

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)
Guruh linki: https: @milliyfikrlar
Reklama: https://t.me/milliys_reklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 7

2022-03-26 09:20:58 Oʻtgan safargi (13-mart) milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik (probniy) testlarida yoʻl qoʻyilgan barcha xato va kamchiliklar jamoamiz tomonidan oʻrganilib chiqildi va bartaraf etildi. Ertaga boʻlib oʻtadigan testlarda bunday kamchiliklar boʻlmasligiga harakat qildik.

Oʻtgan safargi testda:
Test savollaridagi imloviy va elementar xatolar;
Test qiyinlik darajasi; (osonroq)
Javoblar varaqasi (titul) dagi kamchiliklar;
Kuchsiz nazorat;
Oʻquv markazi tomonidan savollarga javob bermaslik.

Ertaga boʻlib oʻtadigan testlarda:
Test savollaridagi xato va kamchiliklar boʻlmasligi (yoki minimal darajada);
Test qiyinlik darajasi (murakkabroq);
Javoblar varaqasidagi barcha kamchiliklarning oldi olingan;
Kuchli nazorat;
Oʻquv markazi tomonidan sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beriladi.

Keling, testlarda ishtirok etib, bilimingizni sinab koʻring!

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi muddati: bugun 20:00 ga qadar
Roʻyxatdan oʻtish uchun: Yuqoridagi postda oʻz hududingizni ostida koʻrsatilgan raqamlarga qoʻngʻiroq qilib, ism, familya va faningizni ayting.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
15.6K viewsedited  06:20
Open / Comment
2022-03-25 19:31:05 ​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 29-30-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 5-8-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
13.3K viewsedited  16:31
Open / Comment
2022-03-24 15:50:39 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 28-fevral hamda 1-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar test natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 4-aprel kunidan boshlab olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.0K views12:50
Open / Comment
2022-03-21 11:48:58
Chet tilini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali (multilevel) formati boʻyicha Ingliz tilidan tayyorgarlik (diagnostika) test tashkil qilaylikmi?
Anonymous Poll
54%
Ha, yaxshi boʻlardi
22%
B2 daraja testini oʻzi yetadi
24%
Ham B2, ham multilevel testi tashkil qilinsin
1.7K voters13.8K views08:48
Open / Comment
2022-03-21 10:21:28
Navroʻz ayyomingiz muborak boʻlsin!

@milliy_sertifikat
12.8K views07:21
Open / Comment
2022-02-28 12:55:04
Soʻrovnoma: 13-mart kuni Milliy sertifikat formatida boʻlib oʻtadigan tayyorgarlik (probniy) testlarda qaysi fandan ishtirok etasiz?
Anonymous Poll
26%
Matematika
8%
Fizika
14%
Kimyo
11%
Biologiya
23%
Ona tili va adabiyoti
9%
Ingliz tili (B2)
9%
Boshqa (Rus, Qoraqalpoq tili, Tarix, Geografiya, Kimyo(rus), Biologiya(rus), Matem(rus), Fizika(rus)
1.3K voters2.1K views09:55
Open / Comment
2022-02-28 12:51:31
Soʻrovnoma: Bizni qaysi hududdan kuzatib borasiz?
Anonymous Poll
11%
Andijon
9%
Fargʻona
7%
Namangan
15%
Toshkent/Toshkent vil.
10%
Sirdaryo/Jizzax
9%
Samarqand
10%
Buxoro
7%
Qashqadaryo
7%
Surxondaryo
16%
Navoiy/Xorazm/Qoraqalpogʻiston
1.2K voters2.0K views09:51
Open / Comment
2022-02-28 10:02:00 Milliy sertifikat boʻyicha asosiy va umumiy maʼlumotlar!

Milliy sertifikat bu qisqacha nom. Toʻliq nomi esa umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikat.

Milliy sertifikatni quyidagi fanlardan qoʻlga kiritish mumkin: ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix.

Milliy sertifikat oʻz sohiblariga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
— Abituriyentlar sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) balga ega boʻladilar.

— Oʻqituvchilar oylikka qoʻshimcha ustama haqqa ega boʻladilar. (Hozircha faqat matematika oʻqituvchilari) Shuningdek, qonunchilikda kutilayotgan yangiliklar boʻyicha qolgan fanlar oʻqituvchilariga (milliy sertifikatga ega) ustama berish rejalashtirilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish pullik. Hozirgi kunda sertifikat testida qatnashish narxi 405 ming soʻm.

Testlarga roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda my.dtm.uz saytida amalga oshiriladi. Davlat test markazi tomonidan maʼlum vaqt davomida roʻyxatga olish ishlari davom etadi va maʼlum belgilangan kunlarda Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida imtihonlar boʻlib oʻtadi. Testlarga roʻyxatdan oʻtish muddati Davlat test markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar:
1. shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
2. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda

Milliy sertifikat imtihonlarda 60% va undan yuqori natija qayd etgan nomzodlarga 3 yil muddatga elektron tarzda taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.5K views07:02
Open / Comment
2022-02-28 04:00:20 #info #eslatma

Shu kunga qadar umumtaʼlim fanlaridan jami 8 marotaba imtihonlar tashkil qilingan. Bular, Matematika 2 marta, Kimyo 2 marta, Biologiya 2 marta va Ona tili va adabiyoti 2 marotaba.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.8K views01:00
Open / Comment
2022-02-28 03:01:32 #info #eslatma

Abituriyentlar milliy sertifikatni faqatgina asosiy blok fanlariga ishlata olishadi. Majburiy fanlar(Ona tili va adabiyoti, Matematika, Tarix) ga ushbu sertifikat imtiyozi oʻtmaydi.

Milliy sertifikat natijasidan qoniqmagan abituriyentlar qayta sertifikat imtihonlarida ishtirok etishi mumkin yoki sertifikatini DTMga taqdim etmasdan, el qatori avgust imtihonlarida qatnashishi mumkin.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.1K views00:01
Open / Comment