🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Milliy sertifikat boʻyicha asosiy va umumiy maʼlumotlar! M | MILLIY SERTIFIKAT

Milliy sertifikat boʻyicha asosiy va umumiy maʼlumotlar!

Milliy sertifikat bu qisqacha nom. Toʻliq nomi esa umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikat.

Milliy sertifikatni quyidagi fanlardan qoʻlga kiritish mumkin: ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix.

Milliy sertifikat oʻz sohiblariga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
— Abituriyentlar sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) balga ega boʻladilar.

— Oʻqituvchilar oylikka qoʻshimcha ustama haqqa ega boʻladilar. (Hozircha faqat matematika oʻqituvchilari) Shuningdek, qonunchilikda kutilayotgan yangiliklar boʻyicha qolgan fanlar oʻqituvchilariga (milliy sertifikatga ega) ustama berish rejalashtirilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish pullik. Hozirgi kunda sertifikat testida qatnashish narxi 405 ming soʻm.

Testlarga roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda my.dtm.uz saytida amalga oshiriladi. Davlat test markazi tomonidan maʼlum vaqt davomida roʻyxatga olish ishlari davom etadi va maʼlum belgilangan kunlarda Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida imtihonlar boʻlib oʻtadi. Testlarga roʻyxatdan oʻtish muddati Davlat test markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar:
1. shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
2. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda

Milliy sertifikat imtihonlarda 60% va undan yuqori natija qayd etgan nomzodlarga 3 yil muddatga elektron tarzda taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat