Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.14K
Description from channel

Milliy sertifikatlar haqida blog!
Davlat test markaziga aloqamiz yoʻq)
Guruh linki: https: @milliyfikrlar
Reklama: https://t.me/milliys_reklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 5

2022-05-23 17:15:35 ​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-28-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.8K viewsedited  14:15
Open / Comment
2022-05-18 00:25:29 Сертификатга эга ўқитувчиларга ҳар ой қўшимча устамалар тўланади

Президент фармони билан 2022-2026 йилларда халқ таълимини ривожлантириш бўйича миллий дастур тасдиқланди. Бу ҳақда ЎзА хабар бермоқда.

Унга кўра, 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб Халқ таълими вазирлиги тизимидаги умумий ўрта таълим муассасаларида:

умумтаълим фанлари бўйича тегишли даражадаги сертификатга эга бўлган педагог кадрларга ҳар ойлик қўшимча устама қуйидаги тартибда тўланади:

халқаро тан олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларга – уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида;

халқаро стандартлар талабларига жавоб берадиган миллий баҳолаш тизимида олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларга – уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида. Бунда, миллий баҳолаш тизимининг халқаро стандартлар талабларига жавоб бериши ваколатли халқаро ташкилотлар томонидан тасдиқланган бўлиши лозим;

халқаро стандартларга жавоб бериши тан олинмаган ДТМнинг миллий баҳолаш тизимида олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларга – уларнинг тариф ставкасига нисбатан 20 фоиз миқдорида (чет тили бўйича сертификатлар бундан мустасно);

халқаро стандартларга жавоб бериши тан олинмаган ДТМнинг миллий баҳолаш тизимида чет тили бўйича олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларга ҳар ойлик қўшимча устама:

2025 йил 1 январга қадар – уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида;

2025 йил 1 январдан бошлаб – уларнинг тариф ставкасига нисбатан 20 фоиз миқдорида тўланади;

ҳар ойлик қўшимча устама сертификат амал қилиш муддати давомида, лекин уч йилдан кўп бўлмаган вақт мобайнида тўланади;

умумтаълим фанлари бўйича бир нечта сертификатга эга бўлган педагог кадрларга ҳар ойлик қўшимча устама фақат биттасига — юқорироқ устама олиш ҳуқуқини берувчи сертификат бўйича тўланади.


@xushnudbek
3.4K views21:25
Open / Comment
2022-05-17 15:28:32
#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari nima uchun o‘tkazilmayapti?

Javob: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Mazkur qarorda test sinovlarini tashkil etish Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, qarorda milliy sertifikat imtihonlari uchun test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.

Hozirga qadar Davlat test markaziga milliy sertifikat uchun umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari taqdim etilmaganligi sababli imtihonlar tashkil etilmayapti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.1K views12:28
Open / Comment
2022-05-14 10:20:52 Ertaga test!

Respublika boʻylab 46 ta hududdagi oʻquv markazlarida Prezident maktablari imtihoniga tayyorgarlik (diagnostika) testlari boʻlib oʻtadi!

Prezident maktablari haqiqiy imtihonlariga, hujjatlar qabuli boshlanishiga bir necha kunlar qoldi.

Tayyorgarlik testlarida qatnashib bilimingizni sinab koʻring.

Test boʻlib oʻtadigan hududlar, oʻquv markazlari va vaqti boʻyicha batafsil maʼlumot ushbu kanalda: https://t.me/reprez_uz


reklama
4.7K viewsedited  07:20
Open / Comment
2022-05-13 13:29:30 https://t.me/dtmuzb?livestream Davlat test markazi hodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan ovozli chatda Milliy sertifikat (umumtaʼlim fanlaridan) imtihonlari bu yil katta ehtimol bilan oʻtkazilmasligi haqida xabar qilinmoqda!

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
7.8K viewsedited  10:29
Open / Comment
2022-05-08 10:33:52 Shuningdek, Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlanganiga 110 kundan ortiq vaqt oʻtdi. 405 ming soʻmdan toʻlov qilib, 3 oydan beri kutib oʻtirgan abituriyent va oʻqituvchilar bor. Ularni masalasi nima boʻladi? Imtihonlari tashkil qilinadimi yoki toʻlangan pullari qaytarib beriladimi? Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodimizga havas qilmaganmisiz mabodo? )

@milliy_sertifikat
12.1K views07:33
Open / Comment
2022-05-08 10:18:46 2021-yil 10-iyundan beri hali biror marotaba xech qaysi fandan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholash (milliy sertifikat) testlari oʻtkazilmadi.

Milliy sertifikat tizimi ishlamayotgani va Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 12.10.2020) bajarilmayotganiga 330 kundan oshdi.

2022-2023-yilgi oʻquv yilida hujjat topshiradigan abituriyentlar hali biror marotaba umumtaʼlim fanlari imtihonlarida ishtirok etmadi, ular sertifikatga ega boʻlib, oliy taʼlim muassasalari imtihonlarida oldindan maʼlum ballarni qoʻlga kiritish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqda.

Maʼlumot uchun, 2021-2022-yilda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar matematika, ona tili va adabiyoti, kimyo va biologiya kabi fanlardan 2 marotabadan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan edi.

Ushbu tizimga javobgar maʼsul shaxslardan testlar nima sababdan oʻtkazilmayotgani va oliy taʼlim muassasalari imtihonlarigacha testlar tashkil qilinishi yoki qilinmasligi haqida tushuntirish berishingizni soʻraymiz.

Axborot tanqisligi va tizimning mavhum oʻtgan ushbu yili abituriyentlar kayfiyatiga salbiy taʼsir oʻtkazib asosiy imtihonlardan chalgʻitmoqda.

Ushbu postga milliy sertifikat testlarini tashkil qilishga maʼsul Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va Davlat test markazidan munosabat kutib qolamiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
11.9K viewsedited  07:18
Open / Comment
2022-05-02 06:11:55
Ramazon hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.6K viewsedited  03:11
Open / Comment
2022-04-30 14:00:25 Ertaga Prezident maktablari boʻyicha 3-4 sinf oʻquvchilariga tayyorgarlik testlari boʻlib oʻtadi (probniy test)

Toshkent sh, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari boʻyicha testlar boʻlib oʻtadigan oʻquv markazlari haqida batafsil maʼlumot ushbu linkda:
https://t.me/reprez_uz/7402

Sirdaryo, Toshkent vil, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari boʻyicha testlar boʻlib oʻtadigan oʻquv markazlari haqida batafsil maʼlumot ushbu linkda:
https://t.me/reprez_uz/7403

Buxoro, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpogʻiston respublikasi boʻyicha testlar boʻlib oʻtadigan oʻquv markazlari haqida batafsil maʼlumot ushbu linkda:
https://t.me/reprez_uz/7404

Ushbu testlarga roʻyxatdan oʻtish bugun 20:00 ga qadar davom etadi!
Ushbu testlarga hamkorlik borasida yoki shunchaki maʼlumot olish uchun @manager_reprezuz ga murojaat qiling! (Kanal: @reprez_uz)

#reklama
5.6K viewsedited  11:00
Open / Comment
2022-04-28 12:52:11 ​​ Respublika boʻylab barcha hududlardagi oʻquv markazlarini (asosan Jizzax va Andijon viloyatlaridagi oʻquv markazlarini) Prezident maktablari tayyorgarlik testlari tashkil qilish boʻyicha hamkorlikka chaqirib qolamiz. Murojaat uchun: @manager_reprezuz

Kanalga ulanish:
@reprez_uz
2.9K views09:52
Open / Comment