🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#SavollargaJavoblar #qabul2022 Savol: Umumta’lim fanlaridan | MILLIY SERTIFIKAT

#SavollargaJavoblar #qabul2022

Savol: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari nima uchun o‘tkazilmayapti?

Javob: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Mazkur qarorda test sinovlarini tashkil etish Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, qarorda milliy sertifikat imtihonlari uchun test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.

Hozirga qadar Davlat test markaziga milliy sertifikat uchun umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari taqdim etilmaganligi sababli imtihonlar tashkil etilmayapti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube