🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Chet tilini bi | MILLIY SERTIFIKAT

​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-28-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat