Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
2022-yil
26-27-28-may hamda
1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash
test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari
my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini
my.gov.uz sayti orqali
elektron tarzda yuklab oladilar.
Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida
my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube