Get Mystery Box with random crypto!

Yakuniy imtihon natijalari (mandat) eʼlon qilindi Bu haqda DT | MILLIY SERTIFIKAT

Yakuniy imtihon natijalari (mandat) eʼlon qilindi

Bu haqda DTM maʼlum qildi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

Shu saytga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

Ushbu saytning “Bakalavr-2022” boʻlimiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi, borib koʻrish mumkin.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, tarixda birinchi marta DTM natijalarni oʻz vaqtida eʼlon qildi.

@markaz_uzbekistan