🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Sertifikatlar oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonida qan | MILLIY SERTIFIKAT

Sertifikatlar oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonida qanday imtiyoz taqdim etadi?!

Matematika, Ona tili va adabiyoti (oʻzbek, rus, qoraqalpoq), Kimyo, Biologiya, Fizika, Geografiya va Tarix fanlaridan qoʻlga kiritilgan milliy sertifikatlar kirish imtihonlarida ushbu fandan sertifikat foiziga qarab ball taqdim etadi. Soddaroq qilib tushuntiradigan boʻlsak, siz yuqoridagi fanlardan birortasidan, deylik 75% koʻrsatkich bilan sertifikatga ega boʻldingiz (oʻzlashtirish koʻrsatkichi 60% dan yuqori boʻlganlargina sertifikat olish imkoniyatiga egalar). Oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonida sizga sertifikat olgan faningizdan maksimal ballning 75% miqdorida ball taqdim etiladi. Bu degani, ushbu fan birinchi faningiz boʻlsa, unda har bir toʻgʻri javobga 3.2 balldan jami 96 ballning 75% i boʻlgan 72 ball taqdim etiladi.

Ingliz tilidan esa 60 foizdan yuqori va B2 daraja sertifikati egalariga kirish imtihonlarida maksimal ball taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat