🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Navbatdagi eng koʻp berilgan savollardan biri Milliy sertif | MILLIY SERTIFIKAT

Navbatdagi eng koʻp berilgan savollardan biri

Milliy sertifikat oʻqituvchilarga qanday imtiyoz (ustama) beradi?

Matematika fani oʻqituvchilaridan tashqari umumtaʼlim fanlarini bilish sertifikatini qoʻlga kiritgan oʻqituvchilarga hozirda xech qanday imtiyoz va ustama koʻzda tutilmagan. Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga esa (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

Shuningdek, hozirda fanni bilish darajasiga ega oʻqituvchilarga maʼlum ustamalar toʻlash rejalashtirilayotgani, ushbu oʻqituvchilarga imtiyozlar berish koʻzda tutilgan qarorlarni tayyorlashga topshiriqlar berilmoqda. Tez orada ustama yoki imtiyozlar kutilmoqda. Agar shunday qarorlar chiqsa, albatta xabar beramiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat