🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘lib o | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 4-fevral kuni chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 940 nafar talabgordan 910 nafari ishtirok etdi, 30 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 7-8-9-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube