🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2021-yil 4-9-fe | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2021-yil 4-9-fevral kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar test natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 3-mart kunidan boshlab olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Sertifikatlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa Davlat test markazining hududiy bo‘limlarida beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube