🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi Chet tilini bilish v | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 2022-yil 28-fevral va 1 mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 7-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.(@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat