🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

MILLIY SERTIFIKAT 2.0 2018-2019-yillar mobaynida kanalimiz to | MILLIY SERTIFIKAT

MILLIY SERTIFIKAT 2.0

2018-2019-yillar mobaynida kanalimiz tomonidan Respublika boʻylab Ingliz tilini bilish boʻyicha B1 va B2 darajalarda Davlat test markazi tomonidan tashkil qilinadigan Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik maqsadida oʻquv markazlari bilan hamkorlikda va muntazam ravishda diagnostika (sinov) testlari tashkil qilib kelganmiz. Ushbu loyihani qayta ishga tushirish niyatidamiz. Bu safar faqat ingliz tili emas, balki, matematika, fizika, kimyo, biologiya va ona tili adabiyoti fanlaridan ham repetitsion (diagnostik) testlari tashkil etiladi.

Testlar Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan spetsifikatsiya va namunalardan andoza olingan holda kanalimiz malakali mutaxassislari tomonidan milliy sertifikat formatida tuziladi.

Ilk testimiz Respublika boʻylab 13-mart kuni tashkil qilinadi. Bilimingizni sinash, haqiqiy milli sertifikat testlariga tayyorgarlik va koʻnikma hosil qilish uchun foydali loyiha boʻladi degan umiddamiz.

Testlarga oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Tez orada roʻyxatdan oʻtishga start beramiz.

Bizni kuzatib borishdan toʻxtamang.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat