🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 26-27-28-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 4 264 nafar talabgordan 4 096 nafari ishtirok etdi, 168 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat