🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Qabul2022 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdi | MILLIY SERTIFIKAT

#Qabul2022
2022-2023-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

2022-yil 15-iyun kuni Prezidentning “2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar etib tasdiqlandi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat