Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2024-yil
11-12-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining
yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
39,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va
69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari
13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(
dam olish kunlaridan tashqari).
Shuningdek,
2024-yil
14-15, 18-19-may kunlari ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining
yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat