🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Bunday yuqori darajadagi jamoalarga qarshi to'p tepish doim y | PAKHTAKOR FANS CLUB🇺🇿🇺🇿

"Bunday yuqori darajadagi jamoalarga qarshi to'p tepish doim yoqimli bo'lgan. Ikkinchi bo'limda asosiy tarkib uchun kurashayotgan yosh futbolchilar maydonga tushirildi. "Zenit" kabi kuchli raqiblar bilan o'yinlar har doim foydalidir. Yaxshi taassurotlar qoldi, deya olaman.

Maydonga tushishimizdan oldin murabbiy birinchi bo'limdagidek ko'rsatma berdi. Faqat ishonchli harakat qilishimizni aytdi, xolos. Keyingi uchrashuvni Moskvaning "Spartak" jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Bu jamoa o'tgan yilgidan kuchaygan. O'shanda men Rossiyadagi o'yinda ishtirok eta olmagandim. Umid qilamanki endigi safar Tedesko shogirdlariga qarshi maydonga tushish nasib qiladi. Albatta, birinchi o'rinda revansh olish so'ng g'alaba qozonish uchun to'p tepamiz. Mazkur uchrashuvdagi g'alaba nafaqat biz, balki, butun O'zbekiston uchun zavqli bo'ladi",- deydi Ruslan Roziev.