🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bugungi nazorat uchrashuv haqida qisqacha o'z fikrimiz; O'z f | PAKHTAKOR FANS CLUB🇺🇿🇺🇿

Bugungi nazorat uchrashuv haqida qisqacha o'z fikrimiz;

O'z fikrimni Shota Arveladzega minnatdorchilik bildirgan holda boshlashga qaror qildim.Sababi bugun 2-bo'limda harakat qilgan yosh yigitlar o'tgan mavsum asosan zahirada qolgan aksariyati hatto Superligada ham maydonga tushishga ulgurmagan edi. Ammo o'yin shuni ko'rsatdiki Gruziyalik murabbiy hujumkor, total va agressiv pressing bilan o'ynash uslubini nafaqat asosiy jamoaga balki yoshlarga va umuman Paxtakor sistemasiga joriy qilgani yaqqol ko'rindi.Tasavvur qiling, mayli "Zenit" 2-tarkib bilan harakat qildi ammo, doimiy ravishda Chempionlar ligasida ishtirok etib keluvchi jamoaning nafaqat 2- balki 3-tarkibida ham mohir ijrochilar bo'lishi tabiiy xol.Aksincha bugun 2-tarkib bilan bu Paxtakorning yoshlari tarkibida to'p tepuvchi futbolchilarga har jabhada imkoniyatni boy bergan Rossiya chempioni o'zi uchun kerakli xatolarini tushunib olgani aniq.

1- bo'limda o'tkazib yuborilgan 2 gol raqibning nuqta qo'yuvchi ijrochilarining mahorati bilan boģliq. Ya'ni jamoamizda kamchilik yo'q deyish fikridan yiroqmiz. O'tgan mavsum asosan Sergeev soyasida qolgan Derdiyok jamoaning asosiy hujumchisi bo'lishi uchun yanayam ko'proq ter to'kishi talab etiladi. O'yin borasida asosiy tarkibning o'yinini 5 ballik tizimda 3 ga baholash mumkin lekin bu futbolni tushungan muxlis yoki mutaxasis uchun normal holat.Uzoq safardan so'ng 1 kun mashg'ulot va ertasi kuni Yevropa klubiga qarshi o'yin. Bu futbolchilar bilan Niderlandiyalik murabbiy kelayotgan mavsumda ham raqobatsiz chempion bo'la oladigan jamoa qura oladi. OCHLda kamida o'tgan mavsumdagi ko'rsatkich qayd eta oladigan jamoa shakllantira oladi !

P/s So'zimiz yakunida Paxtakorni juda qattiq "sevadigan" , negativ fikrlarda tinimsiz faol muhlislar diqqatiga, klubimiz smetasi, futbolchilar oyligi, boringki ularni Dubaydagi o'quv yig'in mashg'ulotini muhokama qilish aniqki sizni zimmangizdagi ish emas va 100% ular sizni cho'ntagingizdagi pullar evaziga bu harajatlarni qilishmaydi va davlat pulini yeb yurishmaydi,qaytaraman davlat pulini yeb yurishmaydi.Siz muhlislik qilayotgan klub uchun ajratilayotgan pullarni ko'kka so'vurilib yakunda sizlarni Paxtakorga noiloj otilishga majbur qilib qo'ygan suyukli klubingizni ayrim hodimlari bilan kelishib oling. Paxtakorga havas qiling , zero sizning Paxtakorga bo'lgan munosabatingiz zamirida hasad, ko'rolmaslikdan boshaqasi ko'rinmayapti. Chempion bo'lish sizlarga ham nasib qilsin.Ishoning chempionlikda juda ham rohatlanasiz. Biz buni juda ham ko'p marotaba his qilganmiz va sizlarga ham shuni tilab qolamiz .