🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Diqqat_elon Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farma | Toshkent farmatsevtika instituti | Rasmiy kanal

#Diqqat_elon

Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi va Kosmetsevtika bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari bitiruvchilarini Farmatsiya bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha qayta tayyorlov kurslariga qabul boshlanganligini va ushbu jarayon 2021 yil 6 avgustdan 21 avgustga qadar davom etishini maʼlum qilamiz.

Аrizalar www.pharmi.uz. saytidagi “Qabul–2021” rukni orqali onlayn qabul qilinadi.

Kirish sinovlari yozma ish shaklida quyidagi fanlardan oʼtkaziladi:

- Farmatsevtik texnologiya;
- Farmatsevtik kimyo;
- Farmakognoziya;
- Farmakologiya.

Imtihon biletlarida har bir fandan 1 tadan savol boʼladi (jami 4 ta savol). Har bir savolga maksimal 25 balldan beriladi. Talabgor yigʼishi mumkin boʼlgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.

Imtihon bileti savollariga javob yozishga 120 minut vaqt ajratiladi.

Kirish sinovlarida 55 balldan kam toʼplaganlar kursga qabul qilinmaydi.

@pharmi_uz