Get Mystery Box with random crypto!

Sirtqida o‘qiydiganlar ham ta’lim kreditini olsa bo‘ladimi? S | Toshkent farmatsevtika instituti | Rasmiy kanal

Sirtqida o‘qiydiganlar ham ta’lim kreditini olsa bo‘ladimi?

Savol:
Men ta’limning sirtqi shaklida o‘qiyman. Men ham ta’lim kreditini olsam bo‘ladimi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bunda, ta'limning sirtqi, kechki shakllarida va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladigan talabalar yoki xorijiy davlatlar fuqarolari nazarda tutilmagan.

Manba: edu.uz

@pharmi_uz