Get Mystery Box with random crypto!

Yangi O'zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz | Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi |Rasmiy kanal

Yangi O'zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o'ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida o'tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig'i O. Erbekov va Avtomobil transport bo'limi boshlig'i Sh. Abdullayevlar "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik" estalik nishoni bilan taqdirlandi.

Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e'tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha hamkasbdoshlarimiz bilan sizlarni tabriklaymiz.