Get Mystery Box with random crypto!

Barcha yo‘lovchi tashuvchi korxonalar rahbarlariga O‘zbekis | Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi |Rasmiy kanal

Barcha yo‘lovchi tashuvchi
korxonalar rahbarlariga


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “O‘zavtosanoat” AK bilan birgalikda respublika aholisining avtobus va mikroavtobuslarda tashishlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida, maqbul narhlarda kelgusi besh yilda tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtobus va mikroavtobus sotib olinishi rejasini ishlab chiqmoqda. Kelgusi besh yil ichida yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan “Damas” rusumli yengil avtomobillarni bosqichma-basqich avtobus va mikroavtobuslar bilan almashtirish hamda ekspluatatsiya muddatlari o‘tgan harakatdagi tarkibni o‘rgangan holda ularni yangilash bo‘yicha yangi avtobus va mikroavtobuslarni sotib olishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari ma’lumotlarni transport boshqarmasiga taqdim etishingiz so‘raladi.
Ushbu ma’lumotda tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olinadigan (qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan, uzunligi, rusumi, sig‘im va avtobus yoki mikroavtobus soni) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy yilning 25 avgustiga qadar taqdim etilishi lozim.