Get Mystery Box with random crypto!

#uchrashuv #MXIK Tadbirkorlar faoliyatidagi xatolarni to‘g‘ri | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#uchrashuv #MXIK

Tadbirkorlar faoliyatidagi xatolarni to‘g‘rilashga imkoniyat


O‘tkazilgan tahlillar natijasida joriy yilning 3-aprel kuni 6,6 mingta onlayn-NKT chekida qariyb 138 mingta o‘lchov birligi ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri aks ettirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu esa tahlika-tahlil dasturida avtomatik ravishda korxonada tovarlar kirim-chiqimining nomutanosibligi yoki ayrim mahsulotlarning uzoq muddat saqlanib qolishi natijasida muddati o‘tgan qoldiq tovarlar mavjudligi kabi ma’lumotlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Natijada ushbu tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin.

Chekda mahsulot (xizmat)larning noto‘g‘ri aks ettirilgan o‘lchov birliklarini tuzatishga ko‘maklashish maqsadida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda my3.soliq.uz portalida o‘lchov birligi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan cheklarni aniqlash funksiyasi yaratilgani haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida barcha o‘lchov birliklari kiritilganligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.

Soliq to‘lovchilar Onlayn-NKTdan foydalanish yo‘riqnomasi yordamida yoki xizmat ko‘rsatuvchi TXKMga murojaat qilgan holda onlayn-NKT cheklarida no‘to‘g‘ri ko‘rsatilgan o'lchov birligini to‘g‘rilashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads